Harakatsizlik — shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori. Muayyan tarzda harakat qilish lozimligi bir qator holatlarga koʻra yuzaga kelishi mumkin. Shaxs bajarishi shart qilib belgilanadigan harakatlar avvalo bevosita qonun yoki qonun asosida chiqarilgan hujjatlarda koʻrsatiladi. Mast holatda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart. Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarmaslik ham jinoiy H.ni keltirib chiqarishi mumkin. Mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa. tegishli jazo belgilanadi. Oʻzbekiston Jinoyat kodeksida bu xildagi jinoyatlar uchun jazo bel-gilangan (JK, 208, 301-moddalar).