Harbiy prokuratura
Harbiy prokuratura (OʻzRda) -Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura tizimining Qurolli Kuchlarda, boshqa harbiy tuzilmalar, harbiy korxonalar, harbiy oʻquv muassasalari, harbiylashtirilgan boʻlinmalarda prokuror nazoratini olib boruvchi ixtisoslashgan organlari. Harbiy prokuraturaning asosiy vazifalariga davlat xavfsizligi, hududiy daxlsizlik va qoʻshinlardagi harbiy tayyorgarlik boʻyicha qonun ustuvorligini taʼminlash, harbiylarning hamda ularning oilalari huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, Qurolli Kuchlarning qonuniy manfaatlarini kasbiy huquqbuzarliklardan himoya etish va bunday huquqbuzarliklarning oldini olish kiradi. Harbiy prokuratura organlari qonunda belgilangan tartibda fuqarolarning, harbiy xizmatchilarning va yuridik shaxslarning ariza hamda shikoyatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni koʻradilar. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorini respublika Prezidenti lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi. Hozirda Shuhrat Uzoqov harbiy prokuror lavozimida ish yuritmoqda.harbiy-prokuror/
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |