Harbiy sudlar
Harbii sudlar (UzRda) - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ish olib boruvchi va Oʻzbekistonning sud hokimiyati tizimiga kiruvchi umumiy yurisdiksiya sudlari. 1992-yil 28-fevralda qabul qilingan "Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni bilan respublika qurolli kuchlarida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston hududida joylashtirilgan harbiy tri-bunallar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan odil sudlovni barcha harbiy qismlar, qoʻshilmalar, strategik va umumiy yoʻnalishdagi birlashmalar, harbiy-oʻquv dargohlari, muassasalar va boshqa harbiy tuzilmalarda amalga oshi-radigan boʻldi. Mazkur farmon bilan bir vaqtda sobiq Turkiston harbiy okru-gining Harbiy tribunali asosida Harbii sudlarlar tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbii sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy H.sdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Harbii sudlari; respublika Mudofaa vazirli-gining, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning, Milliy xavf-sizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatlari, shuningdek, oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. Shuningdek, harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fu-qarolik ishlarini va harbiy boshqa-ruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni; alohida holatlarga koʻra umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; davlat sirlariga taalluqli ishlarni; qonun hujjatlariga muvo-fiq boshqa ishlarni koʻradi.
Harbii sudlarning faoliyati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi nazorat qiladi, Oliy sud raisi Harbii sudlar ishlarining tashkil etilishiga oid buyruq va farmoyishlar chiqaradi. Harbii sudlarning moddiy-texnik taʼminoti, ularni moliyalashtirish, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasidadir.
Zumrad Inogʻomjonova.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |