HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvartirasi New York shahrida joylashgan. News Corp kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya nomi Harper & Brothers va Row (birlashgandan keyingi nomi Harper & Row), Peterson & Company va britaniyaning William Collins, Sons kompaniyalari birlashishidan kelib chiqqan.

HarperCollins Publishers LLC
Turi Shoʻba korxona
Tarmogʻi noshirlik
Egasi News Corp
Qachon asos solingan 1989-yil
Joylashuvi Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh New York, Broadway 195
Asoschi(lari) James Harper
Daromadi $1,646 mlrd (2016)[1]
Aylanma daromadi 1 646 000 000[2]
Vebsayti harpercollins.com

„Putin's People“ mojarosi

tahrir

Jurnalist va yozuvchi Catherine Belton tomonidan yozilgan va 2020-yil aprel oyida nashriyotda chop etilgan Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) nomli kitob sababli bir nechta rossiyalik milliarderlar muallif va HarperCollins nashriyotini sudga berishdi[3]. Sud natijalariga koʻra tomonlar kelishuvga erishishdi. HarperCollins nashriyoti ushbu kitobning keyingi nashrlarida sudlashishga sabab boʻlgan maʼlumotlarni chop etmasligini maʼlum qildi[4][5].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir