Hasan Ibn Ali (625-669) - Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) oʻgʻli, Muhammad (sav)ning nabirasi, 2-shia imomi. 661 yilda Ali oʻldirilgandan keyin uning tarafdorlari H.ni Iroqga xalifa deb eʼlon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga daʼ-vat etgan. Lekin, H. Muoviya I bilan muzokaralar olib borib, u bilan kelishgan, hokimiyatga daʼvo qilishdan voz kechib, Madinaga koʻchib ketgan va u yerda vafot etgan (shialik rivoyatlari boʻyicha zaharlab oʻldirilgan).

Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Dehibaland qishlog’ining shimoli-sharqiy qismida hazrat Hasan ibn Ali roziyallohu anhuga nisbat berilgan maqbara bor. Ta’mirlash vaqtida topilgan tosh lavhda uning XIX asrda qurilgani yozilgan. Aslida, Imom Hasanning qabri Madinada, Baqi qabristonida, onalari Fotimai Zahro yonida. Bu zot halimligi, saxiyligi, tinchlikparvarligi va kengfe’lligi bilan mashhur bo’lgan. Otasi hazrat Ali karramallohu vajhahudan keyin davlatni olti oycha boshqargan.