Hasan ibn Ali Qatavoniy — (XI—XII asrlar) qori, muhaddis va faqih. Toʻliq ismi Ali Hasan ibn Ali ibn Muhammad Qatavoniy.

Hayoti va faoliyati

tahrir

Hasan ibn Ali Qatavoniy Qur’oni Karimni toʻliq yod olgan va oʻz zamonasida fatvo berish darajasiga yetgan muftiy va yetuk faqihlardan biri boʻlgan. Hasan ibn ali Qatavoniyning muhaddis va faqih boʻlib yetishishida oiaviy muhitning ahamiyati katta boʻlgan. Zero, ilk ustozi ham oʻz otasi, faqih Ali ibn Muhammad Qatavoniy (vafot etgan sanasi 484-hijriy (milodiy 1091-yil) boʻlgan. Hasan ibn Ali Qatavoniy hadislarni otasidan va Abulqosim Hamza ibn Muhammaddan rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Hasan ibn Ali Qatavoniymilodiy 1128-yil vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir

Atayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet.

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 511-bet.