Hasanboy Qosimov
Hasanboy Qosimov (1958-yil, 6-dekabr; Andijon viloyati, Asaka tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni sohibi.
Hasanboy Qosimov | |
---|---|
Tavalludi |
6-dekabr 1958-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Dini | Islom |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirHasanboy Qosimov 1958-yil 6-dekabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. 1982-yilda Toshkent politexnika institutini bitirgan. 1985—1993-yillar oraligʻida asaka priseplar zavodida muxandis-texnolog, texnik byuro boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2008—2018-yillarda „GM Oʻzbekiston“ AJ ishlab chiqarish boʻlimida bosh texnolog vazifasini oʻtagan. 1995-yilda malaka oshirish uchun Koreyaga borgan. 2001-yilda UzAutoMotors tomonidan „Matiz“ loyihasining amalga oshirilishida Hasanboy Qosimov boshchiligidagi boʻlinma katta hissa qoʻshdi. H.Qosimov 2018-yilda nafaqaga chiqqan[1].
Mukofotlari
tahrir- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2004-yil)
- Oʻzbekiston qahramoni (2011-yil)[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 162.
- ↑ „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
tahrirMuhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.