Shamsiroʻy Hasanova
Hasanova Shamsiroʻy (1917 - Toshkent — 1956) — ilk oʻzbek ayol rassomi. Toshkent rassomlik texnikumida taʼlim olgan (1933—38), A.Volkov, P.Gan va boshqalardan tasviriy sanʼat asoslarini oʻrgangan. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida dastlab ekskursovod, 1945-yildan direktor boʻlib ishlagan. H. ijodi davomida Sharq va Gʻarb sanʼ-ati uslublarining uygʻunligiga institutilgan, Oʻrta Osiyo mshshatyura maktablari va mahobatli rassomligi anʼ-analarini Yevropa realistik sanʼati anʼanalari bilan uygʻunlashtirib oʻziga xos yangi plastik yechimga erishgan. H. portret janrida asarlar yaratgan; "Bog-bon qiz", "Skripkachi qiz", "Avtoportret" va boshqa; oʻzbek tasviriy sanʼ-atida birinchilardan natyurmort jan-rini boshlab bergan: "Koptok gul", "Xitoy chinnisi", "Mevalar" va boshqa Alisher Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik davrida turmush oʻrtogʻi Chingiz Ahmarov bilan Navoiy teatri binosining foyesi uchun ishlangan rasmlarda ishtirok etgan. Ayniqsa tarixiy portretlari ("Zebunniso begim", "No-dirabegim", "Uvaysiy", "Mutriba" va boshqalar)da uning nozik sharqona uslubi oʻz ifodasini topgan. H. asarlari respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda namoyish etilgan; asarlari respublika muzeylarida saqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |