Haseki Sulton masjidi
Haseki Camii masjidi – Istanbulning Fotih tumanidagi Haseki va Cerrahpasha tumanlari orasidagi Avratpazarida joylashgan masjid boʻlib, 1538 -1539 – yillar orasida Sulaymon I Sultanning rafiqasi Hurrem Sulton tomonidan Haseki Hurrem Sultan uchun (Kuban, 1998: 106) qurib bitkazilgan majmua hisoblanadi. Uning meʼmori Xoʻja Sinandir .
{{{yapı_adı}}} | |
---|---|
Temel bilgiler | |
Meʼmor | |
Xususiyatlari |
Haseki ijtimoiy majmuasi – masjid, madrasa, shifoxona, oshxona, madrasa, maktab va jamoat favvorasidan iborat. 1539-yilda bir gumbazi qurilgan masjidning kirish devori Sulton Ahmet I davrida (1612) olib tashlangan va binoga ikkita ustun va bir gumbaz qoʻshib kengaytirilgan. Oxirgi jamoat namoz joyi ham ushbu davrda qurilgan. Madrasa derazalaridan qolgan ikki dona koshin parchalari Topkapi saroyi muzeyidagi Turk koshinlari boʻlimida saqlanmoqda.
Sinanning dastlab, bir gumbazli masjidi 1538-yilda qurilgan, jomening ikkinchi gumbazi esa 1603 – 1617 – yillarda Hasan Bey tomonidan qurilgan va uch ustunli ayvon qoʻshilgan. Ikki gumbaz orasiga esa yangi mehrob oʻrnatilgan. Jome zilzila paytida shikastlangan va taʼmirlangan. Jamoat namoz yeri esa dastlabki qurilgan gumbazning yon tomonida joylashgan.
Manba
tahrir- Dogʻan Kuban, Istanbul yozuvlari, Yem y., Istanbul 1998.