Hasharotlar introduksiyasi
Hasharotlar introduksiyasi — hasharotlarni oʻzi yashab turgan joydan boshqa, yangi hududlarga kelti-rib agrobiotsenoz entomofaunasini sunʼiy boyitish. Muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Oʻsimliklarni biologik himoya usulida Hasharotlar introduksiyasidan keng foydalaniladi. Odatda, bir tur zararku-nanda hisobiga yashashga ixtisoslashgan entomofag va akarifaglar intro-duksiyasi yaxshi samara beradi. Oʻzbekistonda 24 tur entomofag va aka-rifag introduksiya qilingan boʻlib, shundan 11 turi yaxshi iqlimlashgan; ular zararkunanda hasharotlar miq-dorini xoʻjalik uchun sezilmaydigan darajada saqlab turadi. Jumladan, qonli bit paraziti afelinus (1931), komstok qurti paraziti psevdafikus (1945) yaxshi iqlimlashdi. Iqlimlashmagan turlardan esa mavsumiy dalaga qoʻyish usulida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1967-yildan iqlimlashtirilgan trixogramma gʻoʻza hamda sabzavot ekinlari zararkunandalaridan — tunlamlarga qarshi muvaffaqiyatli qoʻllanmoq-da. Issiqxonalardagi oʻrgimchakkanalarga qarshi yirtqich kana — fito-seyulyusni (Oʻzbekistonga 1969-yilda olib kelingan) qoʻllash yaxshi samara bermoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |