Haydarbek Abdujabborov

oʻzbek siyosatchisi, tarjimoni

Haydarbek Abdujabborov (ruscha: Айдарбек Абдуджабаров; 1898-yil, Jizzax — 1938-yil 8-oktyabr, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, tarjimoni. Sovet repressiyasi qurboni. Qizil Bayroq ordeni sohibi (1923-yil).

Haydarbek Abdujabborov
Айдарбек Абдуджабаров
Tavalludi 1898-yil
Vafoti 8-oktyabr 1938-yil (39-40 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi milliy va rus-tuzem maktabi (oʻrta)
Kasbi tarjimon, siyosatchi
Faoliyat yillari 1919—1929-yillar
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

1898-yili Jizzax okrugi boshqarmasida tarjimoni oilasida tavallud topgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagan (1911-yil, Samarqand). 1914-yilgacha Samarqanddagi 4 yillik shahar maktabida tahsil olgan. 1919-yil KPSS (baʼzi manbalarda 1917-yil, may oyi koʻrsatilgan) aʼzosi[1]. 1938-yil 8-oktyabr sanasida otuvga hukm qilingan[2]. 1957-yil 1-avgustda SSSR Oliy Sudi tomonidan oqlangan[3].

Faoliyati

tahrir
  • Jizzax okrugi sudi tarjimoni (1919-yil)
  • Jizzax RKKA qoʻshinida polk harbiy komissari (1919-yil)
  • Jizzax Bosmachilarga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakil (1921-yil)
  • Jizzax tuman komiteti kotibi (1922—1923);
  • Samarqand viloyati komiteti siyosiy taʼlim boʻlimi boshligʻi (1923—1924);
  • Tuman kompartiyasi qoʻmitasi axborot boʻlimi boshligʻi (1924-yil);
  • Jizzax ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlim boshligʻi;
  • Jizzax tumani ijroiya qoʻmitasining tarjimoni;
  • Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlimi boshligʻi;
  • Tojikiston SSR Moliya xalq komissari (1927-yil sentyabr);
  • Toj. SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi vazifasini bajaruvchi (11-avgust11-oktyabr 1928-yil);
  • Oʻzbekiston SSR Bolalar komissiyasi Markaziy qoʻmitasi rais oʻrinbosari (1927—1928);
  • Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent tumani komiteti instruktori (1928-yil);
  • Oʻzbekiston KP Zomin tumani qoʻmitasi 1-kotibi (1928-yil, 29-mart);
  • Zarafshon chap sohili irrigatsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (1929-yil noyabr)[4][3]

Manbalar

tahrir
  1. „АБДУДЖАББАРОВ Айдарбек“. stalin.memo.ru. Qaraldi: 19-iyul 2023-yil.
  2. Oʻzbekistonistonda Sovet davlatining qatagʻon siyosati: Kelib chiqishi sabablari va fojiali oqibatlari (pdf), Yusuf yangi nashr (uz), Toshkent: Shahidlar xotirasi jamoat fondi, 2012 — 194-bet. 
  3. 3,0 3,1 Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: E'lon qilinmagan urush (1929-1950) (qogʻoz), Info Capital Books (uz), Toshkent, 2022 — 640-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7. 
  4. „АБДУДЖАБАРОВ Айдарбек (Хайдарбек) / / [..1898 - ..“]. centrasia.org. Qaraldi: 19-iyul 2023-yil.