Hayit Amin

(1863—1922) — Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi


Hayit Amin — (1863—1922) — Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Shofirkon qoʻrboshilarining yoʻlboshchisi. Hayit Amin qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Hayit Amin
Hayit Amin
Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1863-yil
Shofirkon tumani Savrak qishlogʻi
Vafoti 1922-yil

Tarjimayi holi

tahrir

Hayit Amin 1863-yilda Shofirkon tumani Savrak qishlogʻida tavallud topgan. Uning otasi vafot etgach, oʻgay otasi Quljon oqsoqol qoʻlida tarbiyalangan. Keyinchalik uning oʻrniga Savrak qishlogʻi oqsoqoli (amini) boʻlgan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

U faoliyati davomida Hayit Amin sifatida tanilgan. Sadriddin Ayniy u toʻgʻrisida shunday tilga olgan. Buxoro qizil armiya tomonidan bosib olingach, ular 1920-yil sentyabrda milliy ozodlik kurashida Hayit Amin faol qatnashadi. Uning eng yaqin safdoshlaridan biri Oʻrmon Polvon, Bozor Amin, Nor Qoravulbegi, Shodibek va bir qator shofirkonlik qoʻrboshilar boʻlgan. 1920—1922-yillar davomida ular Shofirkonda yoʻl qoʻyishmaydi. Keyinchalik Hayit Amin oila aʼzolari (xotinlari, kelinlari va yosh bolalari)ni garovga olishadi. Biroq Hayit Amin vatani uchun kurashib, dushmanga qarshi mardonavor jang qilgan. Bu davrda Hayit Amin Buxoro qoʻrboshilarining yetakchisi Mulla Abdulqahhorning Shofirkondagi asosiy oʻrinbosarlaridan boʻlgan. 1922-yil 11-sentyabrda qizil armiya Tikay quduq qishlogʻida Hayit Aminning 150 kishilik dastasiga Gaaze boshchiligida hujum qiladi. Bu jangda istiqlolchilar katta talofat koʻrishgan. 1922-yil kuzida sotqin Qozoq Nodir qoʻli bilan hazornur ziyoratgohiga Hayit Aminni oʻdirishadi va 6 ta yigitni qoʻlga olishadi. Bu paytda Hayit Amin 59 yoshida vafot etadi. Hayit Amin oʻlimidan soʻng, qizil armiyaning 61-otliqlar polki Savrak qishlogʻida joylashtirilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.