Hazrat Xoja Bulgʻoriy
Hazrat Xoja Bulg‘oriy — (?—1298) — avliyo va muhaddis. Hazrat Xoja Bulg‘oriyning asl ismi Hasandir[1]. „Rashahotda“ yozilishicha, qutbul vosilin, shayxi majzubi mahbub Hasan Bulg‘oriyning muridi Hazrat Shayx Umar Bog‘istoniy bo‘lgan. Maʼlumki, Shayx Umar Bog‘istoniy Hazrat Xoja Ahror Valiyning ona tomonidan katta bobolari hisoblanadi. Hazrat Xoja Bulg‘oriy Hazrat Shayx Shamsiddin Muhammad Roziydan, bu zot shayx Husayn Saqoniydan, bu zot Shayx Ahmad G‘azzoliydan, bu zot Abu Bakr Nassojiydan, bu zot Shayx Abdulqosim Gurgoniydan, bu zot Abu Ali Kotibdan, bu zot Abu Ali Rudboriydan, bu zot Shayx Jo‘nayd Bag‘dodiydan, bu zot Shayx Sirri Saqatiydan, bu zot Maʼrufi Karxiydan, bu zot Dovud Toyidan, bu zot Habib Ajamiydan, bu zot Hasan Basriydan, bu zot Hazrat Ali r.a.dan, bu zoti sharif esa Hazrat payg‘ambar Muhammad s.a.v.dan saboq olgan. Manbalarga koʻra, Xoja Bulg‘oriy Shayxul Olam Shayx Sayfiddin Boharziy, Xoja G‘arib kabi buyuk zotlar bilan hamsuxbat bo‘lgan. Manbalarda yozilishicha, Bulg‘oriy yigirma sakkizta avliyoga xizmat etib, ularning suhbatiga musharraf bo‘lgan ekan. Hazrat Xoja Hasan Bulg‘oriy 1298-yil vafot etgan. Uning qabri Tabrizning Surxon degan qishlog‘idadir. Buxoro shahrida Xoja Bulg‘or nomli ko‘cha, masjid va mozor bor. Ushbu mozoriston Sobiq Ittifoq zamonida buzilgan edi. Tepalik o‘rnida ayni shu kunlarda gulzor qilingan. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Hazrat Xoja Bulg‘or qadamjolari sifatida bir sag‘ana bunyod qildi. Shayx Umar Bog‘istoniy Hazrat Bulg‘oriydan taʼlim olgan[2].
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Hazrat Xoja Bulg‘oriy |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1298-yil |
Falsafa maktabi |
|