He Yang
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
He Yang (1983-yil 23-fevralda Tianjinda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | He Yang | ||
Tavallud sanasi | 23-fevral 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Tianjin, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2014 | Tianjin Teda | 99 | (3) |
2015—2016 | Qingdao Jonoon | 48 | (0) |
2017 | Zhejiang Yiteng | 23 | (1) |
2018—2020 | Chengdu Better City | 35 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2010 | Xitoy | 5 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-mart 2013-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirHe Yang 2002-yilgi liga mavsumida „Tianjin Teda“ yoshlar jamoasini tugatgan boʻlsa-da, u 2003-yilgi liga mavsumigacha oʻn uchta liga oʻyinida qatnashib, asosiy jamoaga kirish uchun kurash olib borgan[1]. Koʻpincha oʻz faoliyati davomida zahiradan maydonga tushgan, shu sababdan oʻzini koʻrsata olmagan, shunga qaramay, u 2008-yilgi ligada kattalar jamoasidan butunlay chetlashtirilganida ham „Tianjin“da qolgan. 2009-yilgi liga mavsumi boshlanganda markaziy himoyachi Van Syao jarohat olgan va murabbiy Zuo Shusheng darhol He Yangni uning oʻrniga jamoaga qaytargan va jamoada oʻzini koʻrsatish uchun yana bir imkoniyat berilgan[2]. He Yang berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida oʻzini koʻrsatgan. U debyut golini 2009-yil 16-mayda „ Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda kiritgan[3]. Ari Haan yangi murabbiy sifatida jamoaga kelganida, He Yang jamoaning ajralmas qismi boʻlib qolgan va Tianjinga 2010-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.
2015-yilning 11-fevralida u Xitoyning birinchi ligasi vakili Qingdao Jonunga oʻtgan[4]. Ikki mavsumdan soʻng u 2017-yil 14-yanvarda Zhejiang Yiteng vakiliga aylangan[5]. Buning ortidan 2018-yilgi Xitoy Chempionlar Ligasi mavsumida toʻrtinchi divizion vakili Chengdu Better City klubiga oʻtgan va u klubning ketma-ket yuqori divizionlarga koʻtarilishida ajralmas rol oʻynagan[6]. 2020-yilgi Xitoy 1-ligasi mavsumi oxirida uning Chengdu bilan shartnomasi tugagan[7]. 2021-yil 24-fevralda u professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[8].
Xalqaro faoliyati
tahrirHe Yang terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan[9]. Keyin u 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibga kiritilgan, ammo birorta oʻyinda maydonga tushmagan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Tianjin Teda | 2002 | Xitoy Jia-A Ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||
2003 | 13 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 14 | 0 | |||||
2004 | Xitoy Super Ligasi | 5 | 0 | 1 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 | ||||
2005 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 3 | 0 | |||||
2006 | 9 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 9 | 0 | |||||
2007 | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 | ||||||
2008 | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 | ||||||
2009 | 24 | 3 | - | - | 4 | 0 | - | 28 | 3 | |||||
2010 | 19 | 0 | - | - | - | - | 19 | 0 | ||||||
2011 | 7 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | - | 10 | 0 | ||||
2012 | 16 | 0 | 0 | 0 | - | 3 | 0 | 1 | 0 | 20 | 0 | |||
2013 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 4 | 0 | |||||
2014 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||||
Jami | 99 | 3 | 3 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 113 | 3 | ||
Qingdao Jonoon | 2015 | Xitoy Birinchi Ligasi | 25 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | 26 | 0 | |||
2016 | 23 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 23 | 0 | |||||
Jami | 48 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 49 | 0 | ||
Zhejiang Yiteng | 2017 | Xitoy Birinchi Ligasi | 23 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 24 | 1 | |||
Chengdu Better City | 2018 | Xitoy Chempionlar Ligasi | 8 | 0 | - | - | - | - | 8 | 0 | ||||
2019 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | 23 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | 25 | 0 | ||||
2020 | Xitoy Birinchi Ligasi | 4 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 4 | 0 | ||||
Jami | 35 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | ||
Karyerada jami | 205 | 4 | 7 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 223 | 4 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirTianjin Teda FC
- Xitoy FA kubogi : 2011[10]
Mamlakat
tahrir- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „何杨“ (xitoycha). sodasoccer.com. 12-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2020-yil.
- ↑ „何杨“. data.sports.163.com. 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
- ↑ „1–1 – 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (16-may 2009-yil). Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
- ↑ „中能宣布连签两将:恒大小将+泰达前国脚“. sports.sina.com (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 12-fevral 2014-yil.
- ↑ „毅腾官宣前泰达国脚 曾获中超亚军+足协杯冠军“. sports.sina.com (14-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
- ↑ China 2019 > China League Two at rsssf.com 2020-10-15 Retrieved 2021-05-20
- ↑ 离队公告丨感谢曹添堡、何杨,成都是你们永远的家 at dongqiudi.net 2021-01-16 Retrieved 2021-05-20
- ↑ 前国脚何杨退役:因为热爱所以执着 无悔足球青春 at sports.sina.com.cn 2021-02-24 Retrieved 2021-05-20
- ↑ „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1–0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (1-iyun 2009-yil). 19-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
- ↑ „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (19-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.