Hector Castro
Hector Castro (ispancha: Héctor Castro) — urugvaylik futbolchi va futbol murabbiyi.1904-yil 29-noyabrda Urugvay poytaxti Montevideoda tavallud topgan.
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Laqabi | Bir qoʻlli (isp.El Manco) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1904-yil 29-noyabr Urugvay, Montevideo | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1960-yil 15-sentabr (55 yosh) Urugvay, Montevideo | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Urugvay | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | hujumchi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mediafayli na Vikisklade |
Tarjimai holi
tahrir13 yoshida Hector Castro elektr arra bilan ishlash jarayonida jarohatlangan, natijada u oʻng qoʻlini jarohatlagan va buning uchun El manco (Bir qoʻlli) laqabini olgan.
1928-yilgi Amsterdamda oʻtkazilgan Yozgi olimpiada oʻyinlari chempioni.1930-yilgi jahon chempioni (futbol tarixidagi qoʻlsiz yagona jahon chempioni).Hector Castro jahon chempionatida Urugvay milliy terma jamoasi uchun birinchi golni kiritdi.Finalda Argentina milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda (4:2) gʻalaba keltiruvchi golni urdi.Ikki karra Janubiy Amerika chempioni.Urugvay milliy terma jamoasi tarkibida 1923-yildan 1935-yilgacha faoliyat koʻrsatib 25 oʻyinda maydonga tushgan va 18 ta bora raqiblar darvozasini ishgʻol etgan.Futbolchi sifatida 3 marta Urugvay chempionligini qoʻlga kiritgan.
U 1924-yildan 1936-yilgacha (bir mavsum tanaffus bilan) Montevideoning „Nasional“ jamoasida oʻynagan."Nasional" jamoasi safida 231 ta oʻyinda 145 ta gol urgan.U „Lito“ va Argentinaning „Estudiantes“ jamoasida ham oʻynagan.
Professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiy boʻldi.Uning qoʻl ostida „Nasional“ besh marta milliy chempionatda gʻalaba qozongan va 1939-yilda ham „Nasional“ jamoasi chempion boʻlganida Hector Castro yordamchi murabbiy boʻlgan.1950-yillarda „Ramla Xuniors“ jamoasi jamoasini boshqargan.1959-yilda esa Urugvay milliy terma jamoasini ham boshqarish nasib qilgan.Hector Castro 1960-yil 15-sentabrda Montevideoda yurak huruji sababli vafot etdi.
Yutuqlari
tahrirFutbolchi siafatida:
- Jahon chempioni-1930
- Olimpiada chempioni-1928
- Janubiy Amerika chempioni-1926, 1935
- Urugvay chempioni-1924, 1933, 1934
Murabbiy sifatida
Manbalar
tahrir1.Biografiya (Wayback Machine saytida 2012-01-10 sanasida arxivlangan)(isp.) )
2.Urugvay futboli haqidagi rus tilidagi veb-saytdagi tarjimai hol[sayt ishlamaydi]
3.https://olympics.com/ru/athletes/hector-castro
4.https://www.transfermarkt.com/hector-castro/profil/trainer/79597
5.https://www.national-football-teams.com/player/33708/Hector_Castro.html