Henrix Mxitaryan
Henrix Gamletovich Mxitaryan (arm. Հենրիխ Համլետի Մխիթարյան; 1989-yil 21-yanvarda tugʻ., Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — armanistonlik futbolchi, yarimhimoyachi. Armaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi va sobiq sardori. Armaniston va Ukrainaning ko'p karra chempioni, Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida o'n marta tan olingan. Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar. 2017–yilda 1-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan[3].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Henrix Gamletovich Mxitaryan | ||
Tavallud sanasi | 21-yanvar 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Yerevan, Armaniston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 177 sm[1] | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Laqabi | "Miki"[2] | ||
Vazni | 75 kg[1] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Inter | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995 — 2006 | Pyunik | ||
2003 | → San-Paulu | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006 — 2009 | Pyunik | (70 (30)) | |
2009 — 2010 | Metallurg (Donetsk) | (37 (12)) | |
2010 — 2013 | Shaxtyor (Donetsk) | (72 (38)) | |
2013 — 2016 | Borussiya (Dortmund) | (90 (23)) | |
2016 — 2018 | Manchester Yunayted | (39 (5)) | |
2018 — 2020 | Arsenal | (39 (8)) | |
2019 — 2020 | → Roma | (22 (9)) | |
2020 — 2022 | Roma | (65 (18)) | |
2022 — ... | Inter | (0 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006 — 2007 | Armaniston (17 yoshgacha) | (5 (1)) | |
2007 — 2008 | Armaniston (19 yoshgacha) | (6 (1)) | |
2008 — 2010 | Armaniston (21 yoshgacha) | (13 (9)) | |
2007 — 2021 | Armaniston | (95 (32)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
"Pyunik" tarkibida u to'rtta Armaniston chempioni unvonini qo'lga kiritdi, 2009-yilda Donetskning "Metallurg" klubiga, 2010-yilda esa "Shaxtyor"ga 6,1 million evro evaziga o'tdi. «Shaxtyor»da 2012/13-yilgi mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha rekord o'rnatdi va chempionatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan rekord darajadagi 27,5 million evro evaziga shartnoma imzoladi va barcha davrlarning eng qimmat arman futbolchisiga aylandi.
U yerda u 2014-yilda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va keyingi mavsumda u Bundesligada 15 ta golli uzatma bilan eng ko'p golli uzatmani amalga oshirdi, bu natija bo'yich Yevropada ikkinchi o'rinni egalladi. Keyin u £30 million (€34,3 million) evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tib, APLda o‘ynagan birinchi armanistonlik bo‘ldi. U Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi va UEFA Yevropa Ligasida g'alaba golini kiritdi. Mxitaryanning keyingi yomon sport formasi uni 2018-yilda «Arsenal» bilan, keyinroq esa A Seriyaning «Roma» klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolashga olib keldi. U 2020-yilda doimiy asosda shartnoma imzolagan. 2022-yilda u UEFA Konferentsiyalar Ligasida zafar quchdi.
U 2007-2021-yillarda o'z mamlakati terma jamoasida o'ynagan. U Armanistonning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 95 o'yinda 32 ta gol urdi va terma jamoaning birinchi xet-trikiga amalga oshirishga erishdi. U o'n marta Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, 2009-yildan buyon har yili (2010 va 2018-yillar bundan mustasno) ushbu mukofotni oladi. Shuningdek, u 2012 va 2013-yillarda MDHda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan va postsovet davlatlarining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan birinchi arman futbolchisi boʻlgan[4][5].
Statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 25-may holatiga koʻra
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy Kubog | Liga Kubogi | Yevrokuboklar | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Pyunik | 2006 | Armaniston Premyer Ligasi | 12 | 1 | 0 | 0 | — | — | — | 12 | 1 | |||
2007 | Armaniston Premyer Ligasi | 24 | 12 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | — | 28 | 12 | |||
2008 | Armaniston Premyer Ligasi | 24 | 6 | 5 | 3 | — | 2 | 0 | — | 31 | 9 | |||
2009 | Armaniston Premyer Ligasi | 10 | 11 | 6 | 2 | — | — | — | 16 | 13 | ||||
Jami | 70 | 30 | 11 | 5 | — | 6 | 0 | — | 87 | 35 | ||||
Metallurg Donetsk | 2009–10 | Ukraina Premyer Ligasi | 29 | 9 | 2 | 1 | — | 6 | 4 | — | 37 | 14 | ||
2010–11 | Ukraina Premyer Ligasi | 8 | 3 | 0 | 0 | — | — | — | 8 | 3 | ||||
Jami | 37 | 12 | 2 | 1 | — | 6 | 4 | — | 45 | 17 | ||||
Shaxtyor Donetsk | 2010–11 | Ukraina Premyer Ligasi | 17 | 3 | 3 | 1 | — | 7 | 0 | — | 27 | 4 | ||
2011–12 | Ukraina Premyer Ligasi | 26 | 10 | 4 | 1 | — | 6 | 0 | 1 | 0 | 37 | 11 | ||
2012–13 | Ukraina Premyer Ligasi | 29 | 25 | 4 | 2 | — | 8 | 2 | 1 | 0 | 42 | 29 | ||
Jami | 72 | 38 | 11 | 4 | — | 21 | 2 | 2 | 0 | 106 | 44 | |||
Borussia Dortmund | 2013–14 | Bundesliga | 31 | 9 | 5 | 2 | — | 10 | 2 | 0 | 0 | 46 | 13 | |
2014–15 | Bundesliga | 28 | 3 | 6 | 1 | — | 7 | 0 | 1 | 1 | 42 | 5 | ||
2015–16 | Bundesliga | 31 | 11 | 6 | 5 | — | 15 | 7 | — | 52 | 23 | |||
Jami | 90 | 23 | 17 | 8 | — | 32 | 9 | 1 | 1 | 140 | 41 | |||
Manchester United | 2016–17 | APL | 24 | 4 | 3 | 1 | 2 | 0 | 11 | 6 | 1 | 0 | 41 | 11 |
2017–18 | APL | 15 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 1 | 1 | 0 | 22 | 2 | |
Jami | 39 | 5 | 4 | 1 | 3 | 0 | 15 | 7 | 2 | 0 | 63 | 13 | ||
Arsenal | 2017–18 | APL | 11 | 2 | — | — | 6 | 1 | — | 17 | 3 | |||
2018–19 | APL | 25 | 6 | 0 | 0 | 3 | 0 | 11 | 0 | — | 38 | 6 | ||
2019–20 | APL | 3 | 0 | — | — | — | — | 3 | 0 | |||||
Jami | 39 | 8 | 0 | 0 | 3 | 0 | 17 | 1 | — | 59 | 9 | |||
Roma (ijara) | 2019–20 | Serie A | 22 | 9 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | — | 27 | 9 | ||
Roma | 2020–21 | Serie A | 34 | 13 | 1 | 1 | — | 11 | 1 | — | 46 | 15 | ||
2021–22 | Serie A | 31 | 5 | 2 | 0 | — | 11 | 0 | — | 44 | 5 | |||
Jami | 87 | 27 | 3 | 1 | — | 27 | 1 | — | 117 | 29 | ||||
Inter | 2022–23 | Serie A | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Karyera davomida umumiy | 434 | 143 | 48 | 19 | 6 | 0 | 124 | 24 | 5 | 1 | 617 | 187 |
Xalqaro
tahrirTerma jamoa | Yil | Oʻyin | Gollar |
---|---|---|---|
Armaniston | 2007 | 2 | 0 |
2008 | 5 | 0 | |
2009 | 7 | 1 | |
2010 | 5 | 3 | |
2011 | 8 | 4 | |
2012 | 8 | 2 | |
2013 | 8 | 2 | |
2014 | 7 | 4 | |
2015 | 6 | 0 | |
2016 | 5 | 3 | |
2017 | 9 | 6 | |
2018 | 10 | 1 | |
2019 | 6 | 3 | |
2020 | 2 | 1 | |
2021 | 7 | 2 | |
Jami | 95 | 32 |
Erishgan yutuqlari
tahrirPyunik
- Armaniston Premyer Ligasi: 2006, 2007, 2008, 2009
- Armaniston Kubogi: 2009
- Armaniston Superkubogi: 2007, 2008
Shaxtyor Donetsk
- Ukraina Premyer Ligasi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
- Ukraina Kubogi: 2010/11, 2011/12, 2012/13
- Ukraina Superkubogi: 2012
Borussia Dortmund
- DFL-Supercup: 2014
Manchester United
- Angliya Liga Kubogi: 2016/17
- Angliya Superkubogi: 2016
- UEFA Yevropa Ligasi: 2016/17
Roma
- UEFA Yevropa Konfensiyalar Ligasi: 2021–22
Shaxsiy
- Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020
- Boltiqbo'yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012, 2013
- Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2012/13
- Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2012/13
- Ukraina Premyer Ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012
- Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2016 aprel
- Bundesliganing eng yaxshi assistenti: 2015/16
- Bundesliga mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2015/16
- DFB-Pokal eng yaxshi toʻpurari: 2015/16
- Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi: 2015/16
- APL da oyning eng chiroyli goli: 2016 dekabr
- Angliya Liga Kubogining eng yaxshi assistsenti: 2016/17
- Manchester Unitedning mavsumdagi eng chiroyli goli: 2016/17
- UEFA Yevropa Ligasi mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2016/17
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Henrikh Mkhitaryan profile“ (en). PremierLeague.com.
- ↑ „Dortmund-Neuzugang Mücke heißt jetzt Micki“ (de). Bild.de (2013-yil 15-iyul).
- ↑ Указ Президента РА
- ↑ „Henrikh Mkhitaryan – CIS player of the year“. FFA.am. Football Federation of Armenia (2013-yil 10-yanvar).
- ↑ „Мхитарян стал лучшим футболистом 2013 года в странах СНГ и Балтии“ (ru). sports.ru (2014-yil 5-mart).