Henry Taube (1915.30.11, Saskatun, Kanada — 2005.16.11 Palo-Alto) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1959). Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1961). Stanford universitet professor (1962-yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar koʻchishi reaksiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940-yil oxirlarida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bogʻliqlikni aniklagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinatsiyasida bir molekula suvning oʻrnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983)[4][5].

Henry Taube
Tavalludi 30-noyabr 1915
Saskatun, Kanada
Vafoti 16-noyabr 2005
Palo-Alto, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1][2][3]
Sohasi Kimyo
Taʼlimi Kaliforniya universiteti, Berkli
Mukofotlari Nobel mukofoti

Manbalar

tahrir