Hermann Ebbinghaus (1850.24.1, Barmen, hozirgi Vuppertal shahri — 1909.26.2, Galle shahri) — nemis psixologi, eksperimental psixologiya vakili. Fexner tadqiqotlariga asoslangan holda birinchilardan boʻlib xotira, intellekt singari yuksak bilish jarayonlarini eksperimental metodlar yordamida oʻrgangan. Koʻrish idrokining noyob holatlari, bolalar aqliy qobiliyatini tekshirishga bagʻishlangan izlanishlar olib borgan. Ebbinghaus nomi bilan ataladigan test kashf qilgan. Uning ilmiy natijalari oʻzini oʻzi kuzatish psixologiyaning yagona uslubi degan nazariyani puchga chiqargan. Ebbinghausning asosiy xizmati "sof" xotira qonunlarini oʻrganish imkonini beruvchi, tafakkurga bogʻliq boʻlmagan narsa va hodisalar toʻgʻrisidagi taassurot izlarini esda olib qolish jarayonini tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilganligidir. Mantiqiy umumlashmalar keltirib chiqarishga aloqasi yoʻq, maʼnosiz boʻgʻinlar (2300 ta undosh va unli)ni quruq (mexanik) yod olishdan iborat bu uslub Ebbinghausga materialni esda olib qolish va unutishning "egri chizigʻi" qonunini kashf qilishga; uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shular asosida taʼsirlanish izlarini xotirada saqlash muddati hamda astasekin soʻnishi qonuniyatlarini tekshirishga imkon yaratgan. Asosiy asarlari: "Xotira toʻgʻrisida" (1885), "Intellekt" (1897), "Psixologiya asoslari" (1902), "Psixologiya ocherki" (1908).

Ebbingxaus akademik faoliyatining ko‘p qismini Berlin universitetida o‘tkazdi, u yerda 1894 yilda falsafa va psixologiya professori bo‘ldi. U sermahsul yozuvchi bo‘lib, psixologiya bo‘yicha ko‘plab maqola va kitoblarni, jumladan, “Xotira: bilimga qo‘shgan hissasi” asarini nashr etdi. Eksperimental psixologiya."[1]



  1. [https://ebbinghausmuseum.org/ „Hermann Ebbinghaus The Online Museum on Forgetting“] (Ingliz tili).