Hessen
Hessen yoki Gessen — Olmoniya yeri. Hessenning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Maydoni 21,1 ming km2. Aholisi 5 971 816 kishi Bosh shahri —Visbaden.
VIII—IX asrlarda graflik boʻlgan. XIII asr oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567-yilda 2 ta: Gessen-Kassel (1866 yildan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866-yildan —Buyuk gersoglik, 1918-yildan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945-yilda Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949-yildan Olmoniya yeri.
Iqlimi moʻtadil. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. Hessen Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.
Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.
Gessen hududida transport yoʻli va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.[1]
OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi.
Manbalar
tahrir