Hideki Yukawa (talaffuzi: Hideki Yukava) (1907.23.1, Tokio — 1981.8.9, Kioto) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1946), Kiotodagi universitettni tugatgan (1929). Shu universitetda va Osakadagi universitetda ishlagan (193239), Kioto universitet professor (1939-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumb universiteti professor (1949—53), Kioto universitetiga qarashli Fundamental fizika ilmiy tekshirish institutini boshqargan (1953—70). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro va mezon fizikasi, elementar zarralar fizikasiga oid. lmezonning mavjudligi haqidagi gipotezani ilgari surdi (1935). Mezon nazariyani rivojlantirdi va nuklonlarning oʻzaro taʼsiri uchun matematik ifoda (Yu. potensiali)ni topdi. Yadro kuchlari nazariyasini yaratdi va neytral mezon tushunchasini kiritdi (1938). Oraliq bozon haqidagi gʻoyani ilgari surdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1949)[1].

Hideki Yukawa
Tavalludi 23-yanvar 1907-yil
Vafoti 8-sentyabr 1981-yil(1981-09-08)
(74 yoshda)
Fuqaroligi Yaponiya va Yaponiya imperiyasi
Otasi Takuji Ogawa

Manbalar

tahrir