Hijobofobiya — hijob kiygan musulmon ayollarga nisbatan diniy va madaniy kamsitishning bir turi[1]. Kamsitishlar asosan jamoat, ish va taʼlim joylarida namoyon boʻldi.

Tahlil

tahrir

Hijobofobiya — bu hijob, chador, niqob va burqa kabi islomiy roʻmol kiygan ayollarga nisbatan kamsitishlarga ishora qiluvchi atama. Bu islomofobiyaning jinsga xos turi[2][3][1], yoki oddiygina „hijobga dushmanlik“ hisoblanadi[4]. Bu atama akademik doiralarda musulmon ayollarning misoginistik madaniyatlar tomonidan ezilgan qurbonlar sifatida, nutq uchun qoʻllanadi[1].

The Gazette nashrining yozishicha, hijobofobiya fransuz milliy hodisasi sifatida boshlangan va 1989-yilda roʻmol oʻrash ishiga (fransuzcha: l'affaire du foulard) sabab boʻlgan[5]. Fransiyalik Ayxan Kayaning fikricha, islomofobiya bilan hijobofobiya aralashib ketgan[6]. Uning 2012-yilgi maqolasida taʼkidlashicha, „hijobofobiya“ islomofobiyaning seksistik jihatlarini qamrab oladi, bunda musulmonlarga qarshi hujumlarning eng ogʻir qismini musulmon ayollar boshdan kechiradi[7].

Siyosatshunos Vinsent Geyserning taʼkidlashicha, hijabofobiya 11-sentyabr xurujlaridan keyin yanada keng tarqaldi, bu jamoat joylarida va davlat idoralarida hijobni tartibga soluvchi va cheklovchi qonunlar sonidan dalolat beradi. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Londondagi musulmon qizlar oʻz uylaridan narida hijob kiyganda kamsitilislarini sezishgan va hijob kiymaslik uchun ijtimoiy bosimni his qilishgan. Bundan tashqari, ACLU nashring maʼlumotlariga koʻra, hijob kiygan ayollarning 69 % hijob kiymagan ayollarning 29 % ga nisbatan kamida bitta kamsitish hodisasi haqida xabar bergan[8].

Ish joylaridagi taqiqlar

tahrir

Yevropa sudi

tahrir

Yevropa Ittifoqining yuqori sudi tomonidan chiqarilgan qaror, ish beruvchilarga hijob kabi „koʻrinadigan diniy ramzlarni kiyishni taqiqlash“ imkonini berdi. Qaror musulmonlar „ish joyida hijobli ayollarga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum“ deb taʼriflagan voqialarga sabab boʻldi. Natijada, 2017-yilga kelib, Fransiya va Belgiyadan kelgan ikki ayol hijoblarini olib tashlashdan bosh tortgani uchun ishdan boʻshatildi. Belgiyalik ayol Samira Achbita sud hukmi natijasida oʻz kompaniyasida (G4S) ishlashdan chetlashtirildi. Opendemokratiya bu qaror goʻyo ish beruvchining „betaraflik pozitsiyasini tasvirlash“ istagiga asoslangan deb taʼkidladi va shuning uchun sud qarori hijabofobiyaning normallashishi edi[9].

Jamoat joylari

tahrir

Jamoat joylarida musulmon liboslarini kiyish taqiqlangan holatlar mavjud. Musulmon burqasi Ispaniyada 2010-yilda mahalliy qonunlar bilan taqiqlangan, biroq bu qonunlar 2013-yilda Ispaniya Oliy sudi tomonidan bekor qilina boshlagan[10]. Xuddi shunday, 2016-yilda Fransiya Davlat kengashi oʻttizdan ortiq fransuz munitsipalitetlari tomonidan xijob kiyishni taqiqlashni bekor qila boshladi[11]. FIFA tomonidan 2011—2014-yillarda bosh kiyim kiyish taqiqlangani hijobofobiyaga misoldir[2]. 2018-yilda Avstriyada pravoslav dini islomning koʻrinishini cheklash maqsadida yuzni toʻliq yopishni taqiqlagan. Bu odamlardan tutun va changʻi niqoblarini kiyganliklari uchun pul undirish holatlarni keltirib chiqardi. Fransiya va Belgiya 2011-yildan beri xuddi shunday taqiqni joriy qilgan. 2015-yilda Niderlandiyada ushbu taqiq qisman joriy qilingan va Germaniya parlamenti 2017-yil sentabr oyida mashina haydash paytida yuzni yopishni taqiqlagan[12]. Hijobofobiya Malayziyadagi mehmondoʻstlik sanoatiga ham taʼsir qiladi. Mehmonxonalar bosh kiyim kiygan xodimlar professional koʻrinishga ega emasligiga ishonishadi; shuning uchun islomofob siyosatlarning amalga oshirilishiga sabab boʻladi[13]. 2021-yil 16-fevralda Fransiya Milliy assambleyasi 18 yoshgacha boʻlgan ayollarning jamoat joylarida hijob kiyishini taqiqlash orqali Fransiyada dunyoviy tizimni mustahkamlashga qaratilgan „ajratishga qarshi“ qonun loyihasini yoqlab ovoz berdi. Bunga javoban #handsoffmyhijab ijtimoiy media platformalarida tarqaldi[14].

Maktablar

tahrir

1994-yilda Fransiya Taʼlim vazirligi oʻqituvchilar va direktorlarga taʼlim muassasalarida islomiy roʻmolni taqiqlash boʻyicha tavsiyalar yubordi.

2018-yil oktyabr oyida Avstriyada bolalar bogʻchasida roʻmol oʻrash taqiqlangan edi. Avstriya oʻqituvchilar kasaba uyushmasiga koʻra, 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun taqiq diniy qonuniy yosh deb hisoblanishi kerak[15].

Quebek provinsiyasida davlat xizmatchilari, jumladan, oʻqituvchilarga ish joyida kippa, hijob yoki salla kabi diniy kiyimlar kiyish taqiqlangan[16].

2022-yil yanvar oyida Janubiy Hindistonning Karnataka shtatidagi bir qator kollejlar hijob kiygan talaba qizlarning binoga kirishini taqiqladi. Oʻshandan beri bu masala Hindistonda katta siyosiy mojaroga aylanib ketdi[17]. 2022-yil 15-martda Karnataka Oliy sudi oʻta munozarali hukm bilan taʼlim muassasalarida hijob taqiqini asosiy huquqlarni oqilona cheklash sifatida tasdiqladi[18][19].

Brendlar

tahrir

2019-yilda fransuz sport kiyimlari brendi Decathlon radio koʻrsatuvida kiyimdan noroziligini bildirgan sogʻliqni saqlash vaziri Agnes Buzin kabi shaxslarning kiyim liniyasiga qarshi chiqqanidan soʻng, Fransiyada hijobli sport kiyimlarini sotmaslikka qaror qildi[20].

Hijobofobiya ayol sportchilarni hijob kiyishlari sababli sport musobaqalarida qatnasha olmasligiga olib keldi. Bunga FIFAning „hijobni taqiqlash“ inqirozini misol qilib keltirish mumkin. Futbol boʻyicha Eron ayollar terma jamoasi futbolchilari hijobda boʻlgani uchun 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan diskvalifikatsiya qilingan edi[21]. Yana bir misol, Fransiya futbol ligasidagi norozilik, chunki u hijobli ayollarni sport bilan shugʻullanishdan chetlashtirgan yagona xalqaro tashkilotdir. Fransiyada 2018-yilda jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoada yetti nafar musulmon erkak boʻlishiga qaramay, ayollarga hijobda sport bilan shugʻullanishga ruxsat berilmagan[22].


  • Fransiyada islomiy sharf mojarosi
  • Hijab § Qonuniy taqiqlar
  • Kashf-e hijob

Eslatmalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Hamzeh, Manal. Pedagogies of Deveiling: Muslim Girls and the Hijab Discourse. IAP, 2012. ISBN 9781617357244. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr. 
  2. 2,0 2,1 Manal, Hamzaeh (1 July 2017). „FIFA's double hijabophobia: A colonialist and Islamist alliance racializing Muslim women soccer players“. Women's Studies International Forum. 63-jild. 11–16-bet. doi:10.1016/j.wsif.2017.06.003. ISSN 0277-5395.
  3. MOHAMED-SALIH, Veronica. „Stereotypes regarding Muslim men and Muslim women on the Romanian Internet: a qualitative comparative analysis for 2004-2009 and 2010-2015“ (PDF). Journal of Gender and Feminist Studies. № 4. 22 April 2018da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 4 September 2018.
  4. Shebaya. „The European Court Has Normalized Hijabophobia“. Huffington Post (2017-yil 15-mart). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  5. Proceedings of the Fourth and Fifth Annual Symposia of the Institute of Islamic and Arabic Sciences in America. IIASA, 1999. ISBN 9781569230220. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr. 
  6. Kaya, Ayhan. Islam, Migration and Integration: The Age of Securitization. Palgrave Macmillan, 2012. ISBN 9781137030221. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr. 
  7. Keddie, Amanda. Supporting and Educating Young Muslim Women: Stories from Australia and the UK. Taylor & Francis, 2017. ISBN 9781317308539. Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr. 
  8. „ACLU“. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  9. „The European Court has normalized 'Hijabophobia'“. openDemocracy. 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  10. Ferschtman. „Case Watch: Spanish Supreme Court Repeals City Burqa Ban“. Case Watch. Open Society Foundations (2013-yil 22-mart). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
  11. Bittermann, Jim; McKenzie, sheena; Shoichet, Catherine E.. „French court suspends burkini ban“. CNN. Turner Broadcasting System, Inc. (2016-yil 26-avgust). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
  12. Oltermann, Philip. „Austrian full-face veil ban condemned as a failure by police“. The Guardian (2018-yil 27-mart). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  13. Finieli, Salsabilla Terra; Hasan, Rusni; Zain, Nor Razinah Mohd (2018-12-20). „Hijabophobia: A Closed Eye Challenge towards Muslim Friendly Hospitality Services in Malaysia“. Malaysian Journal of Syariah and Law. 6-jild, № 3. 1–9-bet. ISSN 2590-4396. 4 September 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12 September 2019.
  14. „'Law against Islam': French vote in favour of hijab ban condemned“. Aljazeera. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  15. „Kopftuchverbot für Volksschüler: "Prüfen derzeit"“ (de). krone.at. 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  16. „Teachers turned away over religious symbols ban as school year begins“. CBC (2019-yil 9-sentyabr). 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  17. „Karnataka's hijab row: A fragile regime's latest assault on right to choice“. The News Minute. 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  18. „Karnataka High Court hijab verdict lacks reason, makes up baseless new rules for fundamental rights“. The Quint. 2022-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  19. „Hijab verdict: a grave constitutional wrong“. Deccan Herald. 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-mart.
  20. Seale. „Decathlon capitulates to French hijabophobia“. trtworld.com (2019-yil 28-fevral). 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-sentyabr.
  21. Hamzeh, Manal (July 2017). „FIFA's double hijabophobia: A colonialist and Islamist alliance racializing Muslim women soccer players“. Women's Studies International Forum. 63-jild. 11–16-bet. doi:10.1016/j.wsif.2017.06.003.
  22. OLOW, FADUMO. „France's hijab ban threatens to strip sport of its ability to empower“. The Telegraph (2021-yil 9-aprel). 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.