Hijriy Ashrafxon
Hijriy Ashrafxon (1634, peshovar viloyati Akuray qishlogʻi — 1697, Hindiston) — afgʻon-pushtu mumtoz adabiyotining taniqli vakillaridan. Xushholxon Xattakning oʻgʻli. 12 yoshidayoq otasi va amakilari bilan oʻzaro qabilaviy urushlarda ishtirok etgan. Tasavvuf sheʼriyatini yaxshi bilgan. 1664-yil otasi Xushholxon Xat-tak hibsga olingach, qabilasining mustaqilligi uchun janglarga boshchilik qilgan. Ammo H.A. 1683-yil Pesho-varda sotqin ukasi Bayramxonning koʻrsatmasi bilan hisbga olingan va umrining oxirigacha asirlikda yashagan.
H.A. "Hijriy", "Ruhiy", "Akram" taxalluslari bilan sheʼrlar yozgan. Asarlarini qamoqda yaratgan. H.A. sheʼrlari "Devoni Hijriy"da toʻplangan boʻlib, bu devon Peshovarda bir necha bor chop etilgan. Devon 2 daftardan iborat: 1 -daftarga shoirning pushtu tilidagi qasida, gʻazal, ruboiy, qitʼa va muxammaslari jamlangan. 2-laftardan esa shoirning fors-dariy tilida ijod qilgan sheʼrlari joy olgan. Shoir sheʼrlarida Xushholxon Xattakning bevosita taʼsiri seziladi. H.A.ning gʻazallari va boshqa turdagi sheʼrlarida sufiyona ishq, majoziy timsollar, har xil ramziy istioralar koʻplab uchraydi. Lirikasida anʼanaviy ishqi ilo-hiyning yoʻnalishlari, koʻrinishlari ustun. H.A.ning tasavvurida ilohiy ishkdan boʻlak haqiqiy ishq yoʻq. Dunyoviy ishq mavzuidagi sheʼrlari ham bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |