Himoya aslahalari
Himoya aslahalari - jangchilar jangda foydalanadigan himoya vositalari. Qadimda charm koʻkrakpoʻsh, du-bulgʻa, qalqon, sovut, zirh, javshan, jubba, hafton, baktar va boshqalar Himoya aslahalari hisoblangan. Otlar ustiga maxsus yopgʻich — bargustvon yopilgan. Ogʻir Himoya aslahalari 16—17-asrlargacha qoʻllangan. 18—19-asrlarda Yevropa armiyalarida yengil Himoya aslahalari (kaskalar, kirasalar va boshqalar) udum boʻlgan. Birinchi jahon urushidan boshlab poʻlat kaska va shlyomlar, kollektiv himoya vositasi sifatida toʻp qalqoni, tank bronyalari va boshqa qoʻllanadigan boʻldi. Baʼzi zamonaviy armiyalarda poʻlat, neylon va boshqa koʻkrak "jilet"lari mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |