Hind yozuvi
Hind yozuvi — Janubi-Sharqiy Osiyodagi yozuvlar guruhi. Bu yozuvlar kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona prinsip jihatidan bir-biri bilan bogʻlangan. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri-Lanka davlatlaridan tashqari ularga qoʻshni boʻlgan hududlarda ham tarqalgan (shimolda — Tibet va Markaziy Osiyodan Moʻgʻulistongacha; janubda — Birmada, Hindixitoy yarim orolida va Indoneziyada). Hind yozuvining bu hududlarga kirib borishi shu joylarda buddaviylik dini va adabiyotining tarqalishi bilan (asosan milodiy 1-ming yillikda) bogʻliq. Hind yozuvi oʻnlab koʻrinishlarga ega. Shulardan muhimlari quyidagilar: Hindistonning oʻzida Moxenjo-Daro, Xarappa va boshqa joylardan topilgan miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarga taalluqli iyeroglifik yozuv.
Hind yozuvi - Janubiy va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan, kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona (fonetik) tamoyilga koʻra oʻzaro bogʻliq koʻplab yozuvlar guruhi. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri Lankaning oʻzidan tashqari ularga qoʻshni hududlarda — Tibet va Markaziy Osiyoda, Birmada, Hindixitoy yarim oroli hamda Indoneziyada ham tarqalgan. Hind yozuviningasosan milodiy 1-ming yillikda Hindistonga chegaradosh mamlakatlarga kirib kelishi bu hududlarga budda dini va adabiyotining tarqalishi bilan bogʻliq. Hind yozuvining koʻrinishlari soni 20—30 ta oraligʻida boʻlib, jadvalda ularning baʼzi muhimlari-gina koʻrsatildi.
Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (miloddan avvalgi 3-asrga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrgacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida Hind yozuvining 3 asosiy; shim., janubiy va janubi-sharqiy tarmogʻi shakllanadi.
Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shimoliy tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi: 1) 6—10-asrlarda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va boshqa tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi; 2) 7-asrdan hozirgi gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi;3) 7—8-asrlarda shakllangan va 10—11-asrlardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — devanagari Shimoliy Hindistondagi asosiy yozuvga aylanadi, hindiy, marathiy va boshqa tillarda, sanskritcha matnlarni yozish va nashr etishda qoʻllanadi; 4) 8-asrdan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi; 5) 12-asrdan Nepalda qoʻllangan va hozirgi kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari yozuvi; 6) 15-asrda shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan b ye n -gal yozuvi; 7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan o r i ya yozuvi; 8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiq-qan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gu-jarot yozuvi; 9) 16-asrda sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi — gurmukhi. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida); landa (Sind va Pan-jobda), moʻdiy (Maharashtrada) va boshqa yozuv turlari mavjud.
Hind yozuvining janubiy tarmogiga 5—6-asrdan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-asrdan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda janubiy Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi.
Hind yozuvining janubi-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qad. -pali yozuvi asosida shakllangan sin-gal, kxmer, laos, tay yozuvlarini, shuningdek, Hindixitoy va Indone-ziyadagi eski yozuvlarni qamrab oladi.
Mazkur yozuvlarning shakli shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan oʻxshashligini anglatmaydi. Mas, devanagari yozuvi qindiy tiliga nis-batan harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi.
Harflar
tahrirUndoshlar
tahrirक ka / kə / ख kha / kʰə / ग ga / gə / घ gha / gʱə / ङ ṅa / ŋə / च ca / cə/ छ cha / cʰə / ज ja / ɟə / झ jha / ɟʱə / ञ ña / ɲə / ट ṭa / ʈə / ठ ṭha / ʈʰə / ड ḍa /ɖə/ ढ ḍha / ɖʱə / ण ṇa / ɳə / त ta / t̪ə / थ tha / t̪ʰə / द da / d̪ə / ध dha / d̪ʱə / न na / nə / प pa / pə / फ pha / pʰə / ब ba / bə / भ bha / bʱə / म ma / mə / य ya / jə / र ra / ɾə / ल la / lə / व va / ʋə / श śa / ʃə / ष ṣa / ʂə / स sa / sə / ह ha / ɦə /
Qoʻshimcha undoshlar
tahrirक़ qa / qə / ख़ k͟ha / xə / ग़ ġa / ɣə / ज़ za / zə / य़ zha / ʒə / ड़ ṛa / ɽə / ढ़ ṛha / ɽʱə / फ़ fa / fə /
Unlilar
tahrirअ a/ə/ili/ä/ क /ka/;
आा ā/ä/ का /kā/;
इि i/i/ कि /ki/;
ईी ī/i/ की /kī/;
उु u/u/ कु /ku/;
ऊू ū/u/ कू /kū/;
ऋृ ṛ/ṛ/ कृ /kṛ/;
ॠॄ ṝ/ कॄ /kṝ/;
ऌॢ ḷ/ḷ/ कॢ /kḷ/;
ॡॣ ḹ/ḷ/ कॣ /kḹ/;
एे e/e: / के /ke/;
ऐै ai/əi/ ili /ai/ कै /kai/;
ओो o/o: / को /ko/;
औौ au/əu/ili/au/ कौ /kau/;
Boshqa belgilar
tahrirँ कँ /kam̩/ Anunasika ं /an̩/ कं /kan̩/ Anusvara ः /ah̩/ कः /kah̩/ Visarga ् क् /k/ Virama ॅ /?/ ऑ /?/
Sonlar
tahrir0०, 1१, 2२, 3३, 4४, 5५, 6६, 7७, 8८, 9९.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |