Hindiston — Qozogʻiston munosabatlari
Hindiston — Qozogʻiston munosabatlari (hindcha: भारत-कजाखस्तान संबंध; qozoqcha: Үндістан-Қазақстан қатынастары) — Hindiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo. Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar 1990-yillarda passiv boʻlgan boʻlsa-da, hozirgi kunda yuqori ahamiyat kasb etadi. Ikkala davlat ham Markaziy Osiyo mintaqasida keng tijorat va strategik sheriklikni rivojlantirishga intilmoqda.
Hindiston |
Qozogʻiston |
Tarix
tahrirHindiston Sovuq urushi yillarida Sovet ittifoqi bilan yaqin aloqada boʻlganiga qaramay, Qozogʻistonni Sovet ittifoqidan mustaqilligini tan oldi[1]. Soʻnggi yillarda Hindiston sobiq ittifoq respublikalarining ikkinchi yirik davlati boʻlgan va Markaziy Osiyoda katta neft, tabiiy gaz va mineral zahiralariga ega boʻlgan katta hududni egallagan Qozogʻiston bilan tijorat va strategik aloqalarini oshirishga intilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy va strategik taʼsirining oʻsishidan tashvishga tushgan Hindiston aloqalarni kengaytirishga yanada intilgan. 2002-yilda Nursulton Nazarboyev Hindistonga rasmiy tashrif buyurdi va oʻsha yili Hindiston Bosh vaziri Atal Bihari Vajpayi Qozogʻistonning sobiq poytaxti Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha konferensiya sammitida qatnashdi.
Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish
tahrir2003-yil holatiga koʻra, Hindiston-Qozogʻiston savdosi 78 million dollarni tashkil etadi[2]. Savdo-sotiqni rivojlantirish uchun har ikki davlat ham Hindiston-Qozogʻiston qoʻshma ishbilarmonlar kengashini tuzganlar[3]. Garchi Hindiston Qurmanggazi neft konida kapitalni qoʻlga kirita olmagan boʻlsa-da, Hindistonning Neft va tabiiy gaz korporatsiyasi Satpayev konidagi ulushni sotib olishga tayyorligini bildirgan.
Savdo balansi
tahrirSavdo qiymati | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2010-11 | 2011-12 | 2012-13 | 2013-14 | 2014-15 | |||||
Umumiy savdo | $130,590,000 | $436,250,000 | $426,220,000 | $917,840,000 | $952,260,000 | ||||
Hindistondan Qozogʻistonga eksport | $172,160,000 | $244,390,000 | $286,230,000 | $261,510,000 | $250,590,000 | ||||
Qozogʻistondan Hindistonga import | $138,420,000 | $191,860,000 | $139,990,000 | $656,330,000 | $701,570,000 | ||||
Qozogʻistonga Hindiston tomonidan eksport qilinadigan asosiy mahsulotlarga farmatsevtika, tibbiy mahsulotlar, choy, telefon apparatlari, xom tamaki va qurilish texnikasi kiradi. Qozogʻistondan Hindiston tomoniga olib kiriladigan asosiy eksportga quyidagilar kiradi: neft moylari, bitumli minerallardan olinadigan yogʻlar, radioaktiv kimyoviy elementlar, asbest va titan[5].
Qozogʻiston Hindistonga eng yirik uran yetkazib beruvchi davlat hisoblanadi. Qozogʻiston 2015-19-yillarda Hindistonga 5000 tonna uran yetkazib bergan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Yermukanov, Marat (16-Noyabr 2004-yil). „Kazakhstan-India relations - Partners or Distant Friends?“. Eurasia Daily Monitor. 1-jild, № 128. The Jamestown Foundation. 18-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-oktabr 2008-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „India-Kazakhstan economic and commercial relations“. Federation of Indian Chambers of Commerce and Industry. 31-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktyabr 2008-yil.(Wayback Machine saytida 2008-05-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ Dutta, Sanjay. „India, Kazakhstan to oil ties in IT, space“. The Times of India (10-oktyabr 2006-yil). Qaraldi: 10-oktyabr 2008-yil.
- ↑ „Country Wise Trade from India“. Mistry of Commerce & Industry India. Mistry of Commerce & Industry India. Qaraldi: 7-iyul 2015-yil.
- ↑ „India-Kazakhstan Relations“. Ministry of External Affairs India. Government of India. Qaraldi: 7-iyul 2015-yil.
- ↑ „ʻWe may scale up supply of uranium to India’: Kazakhstan ambassador Bulat Sarsenbayev“ (en). Hindustan Times (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-aprel 2019-yil.