Hindiston miniatyura maktablari

Hindiston miniatyura maktablari — oʻrta asrlarda Hindiston miniatyura sanʼatida shakllangan ijodiy yoʻnalishlar. Monumental sanʼat (jumladan, devoriy rassomlik) tushkunlikka uchragach, mamlakatning turli hududlarida rivoj topgan (11 — 19-asrlar). Bular Boburiylar davri miniatgora maktabi, Gujarot, Rojasthon yoki Rajput, Dekan, Paxari va boshqa maktablar. Dastlab palma daraxti barglariga yozilgan kitoblarga diniy mavzulardagi rasmlar ishlangan, Krishna, Ram, Shiva, Durga kabi maʼbudalar tasviri tushirilgan. Sharqiy Hindiston miniatyura (1050—1550) maktabi mamla-katning Gujarot va Rojasthon hududlarida taraqqiy etgan. Gujarot mini-atyura maktabi vakillari (11 — 16-asrlar) avval palma (1050—1400), 1350-yildan qogʻozga bitilgan kitoblarni diniy mavzulardagi tasvirlar bilan bezatganlar. Matn "nagari" yoki "jayn nagari" yozuvida boʻlib, chapdan oʻngga qarab yozilgan; matnning muqaddasli-gini ifodalovchi oʻsimlik va girih uslubidagi naqshlar, ramzlar tasvirlangan, sodda kompozitsiyalar ancha murakkablashgan, zaminda meʼmoriy obidalar, inson qiyofasida uning fiziologik xususiyatlari aks etgan. Gujarot shohlari davri (1396—1572) miniatyuralarida tasvir jonliligi, ranglar tiniqligi, bezak unsurlarining koʻpayganligi koʻzga tashlanadi. "Kalpasutra" yoki "Kalakacharyakatxa", "Gita Govenda" kabi diniy mavzudagi asarlar rasmlar bilan ziynatlandi. Sharqiy hind miniatyura maktabi anʼanalari Rajput miniatyuralarida oʻz aksini topgan (yana qarang Rajput maktabi).

Boburiylar miniatyura maktabi (16-asr 2-yarmi — 18-asrlar) Boburiylar saroyida shakllangan, asosan, saroy hayoti va podshohlarning shaxsiy qiziqishlari natijasida rivojlangan. Bu maktab Yevropada Moʻgʻul miniatyura maktabi nomi bilan mashhurdir. Markaziy Osiyo minatyuralari mahalliy anʼ-analar bilan uygʻunlashtirilgan, yevropalik rassomlarning Hindistonga olib kelingan asarlarining ayrim xususiyatlarini ham oʻzida aks ettirgani bilan ajralib turadi. Humoyun saroyi (Kobul)da toʻplangan asli termizlik Mir Said Ali boshchiligidagi ras-somlar guruhi 1555-yil Hin-distonga kelib yangi miniatyura maktabiga asos soldilar. Bu maktab vakillari Agra, Dehli, Lohur kabi poytaxt shaharlarda yashab ijod qilgan. Akbar shoh davri (1556—1605)da shakllangan, Jahongir (1605-1627) hamda Shoh Jahon (1628—58) davrlarida va undan keyin taraqqiy etib, yuksak darajaga koʻtarilgan. "Qissai Amir "Bahrom sariq qasrda" (Nizomiyning "Haft paykar" asariga ishlangan miniatyura, 17-asr).

Hamza" (1557—72, 56 x 71 sm oʻlchamdagi matoga 1400 ta rasmlar ishlangan), "Boburnoma", "Mahabharata", "Ramayana", "Jome ut-tavorix", "Akbar-noma", shoirlar Nizomiy, Amir Xus-rav Dehlaviy hamda Alisher Navoiyning "Xamsa" asarlariga koʻplab moʻʼjaz rasmlar ishlangan. Ab-dusamad Sheroziy ("Shirin qalam"), Dasvanth, Basovan, Farruxbek, Abul Hasan ("Nodir uzzamon"), Us tod Man-sur ("Nodir ul-asr") va boshqa shu davrlarda ijod etgan. Portret sanʼati rivojlandi, inson, uning yuzi aniq tasvirlana boshlandi, asarlarda jonli oʻtkir xarakterlar oʻz aksini topdi. Miniatyura sanʼati dastgoh sanʼatiga yaqinlashdi, alohida mustaqil mavzularda asarlar yaratildi, yuksak darajadagi mukammal lavhalar va port-retlar yuzaga keldi, oʻsimlik, hayvo-not va qushlar aks etgan tasvirlarda Us toz Mansurning yuksak mahorati namoyon boʻldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshida asarlar mavzuida asosan sevgi sa\nalari, uchrashuvlar alohida oʻrin tutdi; xalqchil, turli ijtimoiy guruhlar hayoti va manfaati oʻz ifodasini topdi. 18-asrdan boshlab bu maktab Hin-distonning turli hududlarila rivojlandi, shu yerdagi boshqa mahalliy miniatyura maktablari (Dekan, Paxari va boshqalar) rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Dekan maktabi (16—17-asrlar ) Hindistonning janubidagi madaniyat markazlarida qad. devoriy rassomlik anʼanalari Markaziy Osiyo, Eron va turk miniatyuralari bilan oʻzaro uygʻunlashtirilishi natijasida vujudga kelgan. Asosan Ahmadnagar, Bijapur, Bxanda kabi yirik shaharlarda taraqqiy etgan, rasmlarda shu hudud hukm-dorlari va yirik shaxslari hayoti oʻz aksini topgan, ularda Boburiylar miniatyura maktabi anʼanalari oʻziga xos tarzda davom ettirilgan.

Paxari maktabi ("paxari" — aynan "togʻli hudud") Gʻarbiy Himolaydagi Basoli va boshqa markazlarda yuzaga kelgan. Dastlab Rajput maktabi uslubiga ergashildi. Ilk davrlarida qoʻlyozma kitoblarning mazmuniga asoslanilgan, tarixiy shaxslarni real aks ettirish, voqealarni haqqoniy ifodalashga ahamiyat berilgan. Voqealar, koʻp shaklli kompoziniyalar shartli manzara zaminida ifodalangan. Asta-sekin badiiy asarlarga aloqasi boʻlmagan, mustaqil rasmlar, ayniqsa, portretlar ishlandi, animalis-tika rivojlandi. Ketma-ket "Ragama-la", "Krishnalil", "Ramayana"ga lav-halar yaratildi, bu harakatning choʻqqisi Radha va Krishna muhabbati va iz-tiroblariga bagʻishlangan "Gita Goven-da" turkumi boʻldi. Manku, Naynsukx, Sansar Chand va boshqa shu maktab vakillaridir. Rasmlarda ifodalilyk yoʻqolib bordi, ammo portrstlar zamindagi manzaralarga singib ketadi.

Hindiston miniatyura maktablarim. oʻzining taraqqiyoti davomida mavzu va uslublarining moʻlligi bilan ajralib turadi, maktab namoyan-dalari muhim lahzalarini ilgab olib, uni abadiyga muhrlay olganlar.

Abdumajid Madraimov, Ravshan Fatxullayev.