Hindiston tabiati
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
H. qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindiston yarim orol shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sxaridagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (H.da balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari H.ni shim.dan toʻsib turadi. H.da foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shim.da tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktyabrda issiq va nam, noyabr— fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70—90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000—6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300—500 mm. yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shim. da), 27° (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28—35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda – G, —8°, iyulda 18—23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari H. hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. H.da oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin. Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va b. hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, „Gullar vodiysi“ (UttarPradesh), Sariska va b.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |