Hishom ibn Abdulmalik
Hishom ibn Abdulmalik ibn Marvon (691-743) - Umaviylar sulolasining oʻninchi hukmdori (724-743). Uning davrida Umaviylar xalifaligi eng katta hududga yoyildi. Hishom Damashqda tugʻilgan. Akasi Yazid ll vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Uning davrida Mazrib va Yamoma qabilalari oʻrtasida birodarkushlik urushlari, xorijiylar isyoni, Kufada Zayd ibn Ali ibn Husayn ibn Ali boshchiligidagi gʻalayon, Shimoliy Afrikada barbarlar qoʻzgʻaloni, Movarounnahrda ichki urushlar sodir boʻldi. Bu isyonlarning bari bostirildi. Hishom davrida devon ishlari toʻliq arab tiliga oʻtkazildi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |