Hisoblash fizikasi“ — fizikadagi muammolarni hal qilish uchun raqamli tahlilni oʻrganish va amalga oshirish hisoblanadi[1]. Tarixiy jihatdan hisoblash fizikasi fanda zamonaviy kompyuterlarning birinchi qoʻllanishi bilan bogʻliq boʻlib, hozirda hisoblash fanining kichik toʻplami sanaladi. Baʼzan uni nazariy fizikaning quyi fanlari qatoriga kirgizishadi, biroq boshqa olimlar hisoblash fizikasini nazariy va eksperimental fizika oʻrtasidagi oraliq tarmoq — nazariya hamda eksperimentni toʻldiruvchi tadqiqot sohasi sifatida qabul qilishgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Thijssen, Jos (2007). Computational Physics. Cambridge University Press. ISBN 978-0521833462.
  2. Landau, Rubin H.; Páez, Manuel J.; Bordeianu, Cristian C. (2015). Computational Physics: Problem Solving with Python. John Wiley & Sons.