Ho-Pin Tung (xitoycha: 董荷斌; pinyin: Dǒng Hébīn; 1982-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — Xitoy litsenziyasi bilan poygada qatnashadigan xitoy-gollandiyalik poygachi[1].

Ho-Pin Tung

Tung A1 Team China uchun 2008–09-yilgi A1 Grand Prix of Nationsda ishtirok etmoqda.
Millati Xitoy xitoy
Niderlandiya golland
ikki fuqarolik
Tugʻilgan joyi 1982-yil 04-dekabr
Velp, Niderlandiya
FIA WEC — LMP2 faoliyati
Debyut mavsumi 2013
Hozirgi jamoa Jackie Chan DC Racing
Avtomobil raqami 37
Sobiq jamoasi KCMG
OAK Racing
Pegasus Racing
Baxi DC Racing
Startlar 34
Chempionatlar 0
Gʻalabalar 7
Pole pozitsiyasi 5
Tez aylanishlar 1
Eng yaxshi finish 2-oʻrin 2017, 2018-19
Oxirgi mavsum 2-oʻrin
Chempionlik unvonlari
Asian Le Mans Series — LMP3
Asian Le Mans Series — LMP2
ATS Formel 3 Cup
Formula BMW Asia
Yutuqlar
KNAF Talent First

Faoliyati

tahrir

Niderlandiyaning Gelderlanddagi Velp shahrida tugʻilgan. Tung oʻz faoliyatini 1997-yilda Gollandiyaning bir oʻrindiqli kart poygalarida boshlagan. 2001-yilda u Van Amersfoort Racing bilan Gollandiya Formula Ford chempionatida qatnashdi. 2003-yilgi Formula BMW Osiyo seriyasida gʻolib chiqdi. Ushbu natijadan soʻng u Williams F1 jamoasida ishtirok etish imkoniga ega boʻldi.

2004-yilda u ATS Formel 3 kubogida ishtirok etdi. Garchi u poygalarning birida gʻalaba qozongan va shohsupadan joy egallagan boʻlsa-da, mavsum yakunida 7-oʻrinni egalladi.

Tung 2005-yilda ATS F3 kubogida ishtirok etdi. 2006-yilda seriyani uchinchi oʻrinda yakunladi. Natijalar 9 ta poyga, 4 ta pole pozitsiyasi va 5 ta eng tez aylanishdan ibortat boʻldi.

2007-yilgi Xitoy Gran-prisidan boshlab BMW Sauber sinov poygachisi sifatida tanishtirildi.

 
Tung 2008-yilgi GP2 Seriesning Silverstoun bosqichida Trident Racing uchun ishtirok etmoqda.

2007-yil 4-aprelda BCN Competición 2007-yilgi GP2 Series uchun yaponiyalik haydovchi Sakon Yamamoto bilan birga Tung bilan ikkinchi haydovchi sifatida shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Tung Trident Racing jamoasi uchun 2008-yilgi GP2 Asia Series va GP2 Series musobaqalarida qatnashib, birinchi unvoniga ega chiqdi.

2009-yilda u Superliga Formula seriyasida qatnashgan. U Galatasaray S.K jamoasi tarkibida ishtirok etgan va dastlabki uch raundda ishtirok etgan. U seriyadagi birinchi gʻalabasini Jarama raundida qoʻlga kiritdi.

2009-yil dekabr oyida Tung Renault F1 Team uchun sinovdan oʻtdi. Yanvar oyida u jamoaning uchinchi poygachisi sifatida eʼlon qilindi. Shartnoma doirasida u 2010-yilda DAMS jamoasi bilan GP2 seriyasiga qaytdi[2][3].

Tung 2017-yilgi FIA jahon chempionati uchun DC Racing jamoasida ishtirok etdi. 2017-yilgi 24 soatlik Le Manda Tung LMP2 avtomobilida yetakchilik qilgan. Barcha yuqori toifadagi LMP1 poygalarida faol ishtirok etdi. Oxir-oqibat, u Oreca 07 avtomobili bilan umumjamoa hisobida ikkinchi va LMP2 klassida birinchi boʻldi. U Jackie Chan DC Racing ekipajida 24 soatlik Le Manda klass boʻyicha oʻrin olgan birinchi xitoylik avtopoygachi boʻldi. Mavsumning qolgan qismida Tung, uning hamkasblari Oliver Jarvis va Thomas Laurent keyingi bosqichda ishtirok etishdi. Silverstoun va Nyurburgringda gʻalaba qozondi.

Natijalar

tahrir
Yil Ishtirok 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 DC Ball
2006-07 A1 Team China NED
SPR
NED
FEA
CZE
SPR
CZE
FEA
CHN
SPR
CHN
FEA
MYS
SPR
MYS
FEA
IDN
SPR

Ret
IDN
FEA

13
NZL
SPR

13
NZL
FEA

9
AUS
SPR

6
AUS
FEA

3
RSA
SPR

14
RSA
FEA

Ret
MEX
SPR

6
MEX
FEA

10
CHN
SPR
CHN
FEA
GBR
SPR
GBR
SPR
15 22
2008-09 NED
SPR

13
NED
FEA

9
CHN
SPR

17
CHN
FEA

12
MYS
SPR

10
MYS
FEA

9
NZL
SPR
NZL
FEA
RSA
SPR

13
RSA
FEA

Ret
POR
SPR

16
POR
FEA

8
GBR
SPR
GBR
SPR
17 4

Indianapolis 500

tahrir
Yil Shassi Dvigatel Start Finish Jamoa
2011 Dallara Honda DNQ Dragon Racing

Manbalar

tahrir
  1. „Zhou becomes the first Chinese F1 driver: 'He can surprise next year'“. tellerreport.com (17-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  2. INDYCAR: FAZZT Eyes Two Cars For 2011 (Wayback Machine saytida 23-noyabr 2010-yil sanasida arxivlangan) Speedtv.com Media Release November 22, 2010 Indianapolis, IN
  3. Beer, Matt. „Tung diagnosed with minor fracture“. autosport.com. Haymarket Publications (2010-yil 1-avgust). Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.