Hochosterwitz qal’asi (nemischa: Burg Hochosterwitz ) Avstriyadagi qal’a boʻlib, mamlakatning eng ko‘rkam oʻrta asr qal’alaridan biri hisoblanadi. Qal’a Karintiyadagi Sankt Veit an der Glan shahridan sharqda, Sankt-Jorgen-am-Längsee yaqinidagi ulkan dolomit qoyasidan 172 metr balandlikda qad rostlagan. Qoya qal’asi mamlakatning diqqatga sazovor joylaridan biri va turistik hudud maqomiga ega.

Hochosterwitz qal’asi
Sankt Georgen, Karintiya, Avstriya
Tur Qal’a
Joy maʼumoti
Egasi Khevenhüller zodagonlar oilasi
Balandligi 664 metr
Ochilish mavsumi Aprel-oktabr
Joy tarixi
Holati Qayta taʼmirlangan
Qurdirgan shaxs Osterwitz oilasi
Qurilgan 860-yil

Manzil

tahrir

Hochosterwitz dengiz sathidan 664 metr yuqorida[1], Magdalensberg shimolidagi tarixiy Zollfeld tekisligining chetida, taxminan Sankt Veitdan 7 km sharqda joylashgan. Qal’ani kunduz kuni 30 kmgacha uzoqlikdagi masofadan koʻrish mumkin.

Tarixi

tahrir

Hudud bronza davridan beri aholi punkti bo‘lgan. Tarixiy manbalarda birinchi marta Sharqiy Fransiya qiroli Lui nemis tomonidan chiqarilgan dalolatnomada aytib oʻtilgan. Carantaniaʼnın sobiq knyazligidagi oʻzining bir nechta mulkini Salzburg Archdioceseʼyega ehson qilgan. Keyin u "Astarwiza" deb nomlandi[2], uning nomi slavyan tillarilardan kelib chiqqan. XI asrda Zalsburg arxiyepiskopi Gebxard sarmoyaviy mojaro paytida qoʻllab-quvvatlaganliklari evaziga qalʼani Sponxaymlik graf Zigfrid avlodlariga topshiradi. Shunga qadar qal’a Zalsburgning mulki boʻlgan. 1122-yilda Zigfridning nabirasi Genrix IV Karintiya gersogi boʻlgandan soʻng, Sponxaym hukmdorlari Zalsburg hukmdorligini egallab oladilar. Keyinchalik ular Hochosterwitz zodagonlar oilasining vazirlariga, ehtimol, Sponxaym sulolasining kadet boʻlimiga mulklaridan berishgan.

 
qal’aning boʻlagi[3]

Oʻzining „Change“ kitobida avstro-amerikalik psixolog Pol Uotslavik (1921-2007) tirollik grafinya Margaret (Margaret Maultash) qoʻshinlari tomonidan qal’ani qamal qilish haqidagi mashhur ertakni tasvirlaydi. Oʻrta asrlar yilnomachisi, keyin esa Yakob Grimm tomonidan qayd etilgan afsonaga koʻra, 1335-yilda otasining oʻlimidan soʻng, Avstriyaning Gabsburglar sulolasi Margaret Karintiyaga meros boʻyicha daʼvolarini pesh qilib, gersoglikka bostirib kirgan. Qal’ani qamal qilgan. Hochosterwitz garnizoni soʻnggi hoʻkizni soʻyib, so‘ng makkajoʻxori bilan ichini toʻldirib, uni devorlardan tashqariga dushman qoʻshiniga uloqtirganda, ular aldanib, orqaga chekingan. Goʻyo uning zaxirasida hali shunchalik koʻp don borki, ularni o‘zlaridan ortgan donlarni qurol sifatida (muallif: xuddi snaryad kabi) dushmanga qarshi ishlatishi mumkin. Bu ertak Sharqiy Alp mintaqasida keng tarqalgan mavzu boʻlib, u turli xil belgilar bilan koʻplab oʻzgarishlarga uchragan.

XV asrda oxirgi karintiyalik Georg Ostervits turklar bosqinida asirga olingan va 1476-yilda qamoqxonada avlod qoldirmay zurriyodsiz vafot etadi[4]. Ostervitsning sohibi Xans oiladan omon qolgan oxirgi odam edi. U imperatordan katta qarzga ega edi va qarzini toʻlash uchun qal’a boshqaruvidan voz kechishga majbur boʻldi[4]. Shunday qilib, toʻrt asrdan soʻng, 1478-yil 30-mayda qal’aning egaligi Gabsburg imperatori Fridrix III ga qaytarilgan[4].

Keyingi 30 yil ichida qal’a turklarning koʻplab yurishlari natijasida jiddiy zarar koʻrgan. 1509-yil 5-oktabrda imperator Maksimilian I qal’ani oʻsha paytdagi Gurk yepiskopi Matteus Lang fon Velenburgga garovga bergan[5]. Yepiskop Lang buzilgan qal’a uchun katta taʼmirlash loyihasini amalga oshirdi.

 
14 ta mustahkamlangan darvozalardan biri

Taxminan 1541-yilda Gabsburg qiroli Ferdinand I Karintiya gubernatori Kristof Xevenxyullerga qal’ani sovgʻa qildi. 1571-yilda baron Jorj Khevenhyuller qal’ani pul to‘lab sotib oldi. U 1570-1586-yillar oraligʻida turklar bosqinchiligi xavfini bartaraf etish uchun mustahkamlanib, qurol-yarogʻ va 14 ta darvoza qurdi. Bunday massiv istehkom qal’a qurilishida noyob hisoblanadi. Har biri yoʻlni qoʻriqlashning turli xil usullar bilan jihozlangan 14 ta darvoza tufayli, mahalliy afsonaga koʻra, qal’a hech qachon zabt etilmagan va hujumlarning hech biri toʻrtinchi (Engelstor) darvozasidan nariga oʻtolmagan.

Hozirgi koʻrinishi

tahrir

XVI asrdan beri Hochosterwitzga katta oʻzgarishlar kiritilmagan. Asl quruvchi Jorj Khevenhüller talab qilganidek, qal’a Khevenhüller oilasining ixtiyorida qoldi. Qal’a hovlisida 1576-yilga oid marmar lavha bu talabni tasdiqlaydi.

Qal’aning baʼzi qismlari har yili Pasxadan oktabr oyining oxirigacha jamoatchilikka ochiq. Sayyohlarga qal’agacha boʻlgan 14 darvozadan oʻtgan uzun yoʻl bo‘ylab 620 metr piyoda yurishga ruxsat berilgan. Har bir darvozada ushbu eshikni muhrlash uchun ishlatiladigan mudofaa mexanizmining diagrammasi mavjud. Qal’aning xonalarida tarixiy artefaktlar, rasmlar, qurollar va zirhlar toʻplami mavjud[6].

Hochosterwitz qal’asiga mashinada yoki yaqin atrofdagi Klagenfurtga ulangan Launsdorf-Xochestervits poyezd stansiyasidan piyoda borish mumkin.

Hochosterwitz qal’asining 1:25 oʻlchamdagi miniatyura maketini Klagenfurtdagi mashhur sayyohlik maskani Minimundusda koʻrish mumkin.

Galereya

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. „%29 Hochosterwitz Castle Altitude and Position“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  2. Khevenhüller-Metsch,Georg: 2001, Page 4
  3. Khevenhüller-Metsch,Georg: 2001, Page 16
  4. 4,0 4,1 4,2 Khevenhüller-Metsch,Georg: 2001, Page 5
  5. Khevenhüller-Metsch,Georg: 2001, Page 6
  6. de Fabianis, p. 165