Hofiz Koʻhakiy mahallasi
Hofiz Koʻhakiy mahallasi — Olmazor tumanidagi mahallalardan biri. Shoshiy, Qoʻshtut, Eski shahar mahallalari bilan chegaradosh. 1996-yigacha „Kommuna“ deb atalgan, 1996-yidan mashhur alloma Hofiz Koʻhakiy sharafiga shunday atalgan. Mahallada 2614 kishi istiqomat qiladi, aholining etnik tarkibi asosan oʻzbeklar. Mahalla hududida Hofiz Koʻhakiy majmuasi joylashgan. Mahallada Oʻzbekiston xalq xofizi Muhammadjon Karimov, sharqshunos Laziz Azizzodalar yashab oʻtishgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 763.
Adabiyotlar
tahrirToshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.