Hoji Zufariy (1899-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik davlat arbobi.

Hoji Zufariy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1899-yil
Toshkent shahri
Vafoti 1938-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • davlat arbobi

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Hoji Zufariy Toshkent shahrida tikuvchi oilasida tavallud topgan. Maktab yoshiga yetgach, 1912—1915-yillarda yangi usuldagi maktabda oʻqigan. Bolalik davrida ota kasb tikuvchilikni otasi Mirhoji Zufariydan oʻrgangan. Yangi davrning shiddati bilan yoshlar uyushmasiga, keyinchalik firqaga aʼzo boʻldi. 1918—1919-yillarda harbiy mundirlar tikuvchilik korxonasida tikuvchi boʻlib ishlaydi.

1919—1921-yillarda iqtisodiy huquq shoʻbasi mudiri, eski shahar uyezd qoʻmitasida maʼsul kotib, 1921-yil 15-iyundan 1922-yil oxirigacha esa Toshkent uyezd firqa qoʻmitasida maʼsul rahbar boʻlib ishlaydi. 1923-yilda Toshkent mehnat shoʻbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1924-yilda Fargʻona viloyati 2-harbiy diviziyasida maslahatchi vazifasida faoliyatini davom ettirgan.

Keyinchalik Toshkent vaqf shoʻbasi mudiri boʻlib ishlaydi. Qolaversa, oʻsha yerdagi faoliyati davrida aynan Hoji Zufariy, Munavvar Qori va Zahriddin Aʼlamlarning vaqf idorasidan qilgan yordami bilan Abdulla Qodiriyning Moskvada oʻqishi uchun harajatlarini oʻz zimmasiga olishganligi aytiladi[1].

1925-yil 21-martdan 1926-yil 21-maygacha Shahrisabzda uch oy tashkilot shoʻba mudiri hamda viloyat rahbari vazifalarida oʻz faoliyatini olib borgan. 1926-yil 23-iyundan 1927-yil 27-avgustgacha Qashqadaryo viloyat shoʻbasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik Okrug ijroqoʻm tashkilot shoʻbasi mudiri muovini boʻlib faoliyat yuritgan. 1927—1928-yillarda SAKUda tahsil olgan.

1933-yilda Beshariq paxta fabrikasiga direktor sifatida ishga tayinlangan. 1936-yilda Fargʻonadagi „Upolkomzag“da ishlaydi. 1937-yil 1-yanvardan kommunal korxonalar boʻlimida mudir vazifasida hizmat koʻrsatgan. 14-maydan esa shahar obodonlashtirish boʻlimida mudir boʻlib ishlagan[2].

Sanʼat

tahrir

Sanʼatga boʻgan qiziqishi bois 1926-yilda „Qoʻmondon“ nomli 3 pardadan iborat pyesa yaratgan.

Ayblov

tahrir

1937-yil 6-noyabrda NKVD hodimlari tomonidan qamoqqa olingan va 1938-yil 30-dekabrda 10 yil jazo muddati belgilanib, Sol'-Iletsk qamoqxonasiga yuborilgan.

Oʻlimi

tahrir

Taqdiri nomaʼlum.

Manbalar

tahrir
  1. „Жулқунбойнинг Масковга жўнаши“. hidoyat.uz. Qaraldi: 11-may 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.