Hojimurod Isroilovich Ibrohimov (1935-yil 9-aprel, Toshkent) — kinorejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). „Oʻzbektelefilm“ tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor yordamchisi, rejissyor (1957—64), bosh rejissyor (1974—79). 1979-yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor. Eng yaxshi filmlari: „Jamila“, „Yodgor“, „Nur qidirib“ (ham spektakl, ham film rejissyor), „Tugʻilish“ (3 qismli telepostanovka) va boshqalar. Shuningdek, „Oybek“, „Choʻl, qoʻlingni ber!“, „Toshkent, 26-aprel 1966-yil“, „Kuyla, Sanobar“, „Yagona oilada“, „Inson uchun“, „Davr mening taqdirimda“ (D. Salimov bilan hamkorlikda), „Mening Oʻzbekistonim“ kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1976)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil