Oydin Hojiyeva (1942-yil 22-aprel, Boʻston qishlogʻi, Qiziltepa tumani, Buxoro (hozirgi Navoiy) – 2023-yil 14-may, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1965). „Sharq yulduzi“ jurnalida adabiy xodim (1965), boʻlim boshligʻi (1971–1976), „Saodat“ jurnalida boʻlim mudiri (1976–1985), „Gulxan“ jurnali bosh muharriri (1985–1994), „Milliy va ijtimoiy barqarorlik“ jamgʻarmasi raisi (1993–1995). „Saodat“ jurnali va uning ilovasi „Gulchehralar“ gazetasida bosh muharrir (1994-yildan).

Oydin Hojiyeva
Tavalludi 22-aprel 1942-yil
Buxoro, Oʻzbekiston
Vafoti 14-may 2023-yil(2023-05-14)
(81 yoshda)[1][2]
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Ilk kitobi – „Shabnam“ (1970). „Manzillar“ (1971), „Men sevgan qoʻshiq“ (1972), „Orzu guli“ (1974), „Tarovat“ (1976), „Dostonlar“ (1980), „Xushxabar“ (1983), „Mushfiq onajon“ (1983), „Chashmalarni izlayman“ (1986), „Tamal toshi“ (1988), „Ishonch yulduzlari“ (1989), „Koʻzimning oqu qorasi“ (1996), „Panohim“ (1998) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda oʻziga xos talqinini topgan („Navo“, 1977). Vatanga muhabbat, maʼnaviy poklik, til bilan dil rostligi, hayotning abadiy va unutilmas orzu-armonlari, inson matonati, xalqning beqiyos goʻzal, olija-nob qalbini kuylash, odamlarga munis, mehribon dardkash boʻlmoq istagi Hojiyeva ijodining bosh mavzusi hisoblanadi. Hojiyeva 1990-yillarda ham vatan-parvarlik mavzuida turkum sheʼr va dostonlar yozdi („Dard“, „Ozod soʻz yolqinlari“, „Ziyorat“ va boshqalar). Badiiy ijodni ijtimoiy faoliyat bilan qoʻshib olib borgan shoiraning „Ruhimizga yongʻin tushmasin“, „Meni iztirobga solar bu oʻylar“, „Millatning qay-gʻusi nima?“ kabi publitsistik asarlarida til masalalari, oʻzbsj xotinqizlarining ogʻir dala mehnati muammolari aks etdi. Sándor Petőfi, Adam Mickiewicz, R.Kazakova, M.Dilboziy, Gulruxsor, M.Abdulqosimova, F.Ungarsinova va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan. Oydin Hojiyeva taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻofurov bilan turmush qurgan. Shoira 2023-yil 14-may kuni Toshkentda vafot etdi[3].

Mukofotlari

tahrir
  • „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni(1992)[3].
  • „El-yurt hurmati“ ordeni (1999)[4].

Adabiyotlar

tahrir
  • Koʻzimning oqu qorasi |Sheʼrlar], Toshkent, 1996-yil.
  • Panohim [Sheʼrlar, Hikoyalar], Toshkent, 1998-yil.

Manbalar

tahrir