Homiladorlik gipertenziyasi
Gestatsion gipertenziya yoki homiladorlik tufayli kelib chiqqan gipertenziya – homilador ayolda 20 haftalik homiladorlikdan keyin siydikda protein yoki preeklampsiyaning boshqa belgilari boʻlmagan holda gipertenziya rivojlanishi[1]. Gestatsion gipertenziya kamida 6 soatlik interval bilan qon bosimining ikki marta 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi[1].
Belgilari
tahrirHozirgi vaqtda homiladorlik gipertenziyasining rivojlanish ehtimolini oldindan bilish uchun yagona diagnostika usuli mavjud emas. Yuqori qon bosimi homiladorlik gipertenziyasini tashxislashning asosiy belgisidir. Homiladorlik gipertenziyasi boʻlgan baʼzi ayollarda jarayon asimptomatik kechishi mumkin, biroq odatda bu holat bilan bogʻliq bir qator alomatlar yuzaga keladi[1]:
- Shish
- Toʻsatdan tana vazni ortishi
- Xira koʻrish yoki yorugʻlikka sezgirlik
- Koʻngil aynishi va qayt qilish
- Doimiy bosh ogʻrigʻi
- Qon bosimining oshishi
Xavf omillari
tahrirOna tomonidan xavf omillari:
- Semirib ketish
- 20 yoshdan kichik yoki 40 yoshdan oshganda homilador boʻlish[2]
- Anamnezida qandli diabet, gipertenziya (ayniqsa, homiladorlik gipertenziyasi) va buyrak kasalliklari boʻlishi[2]
- Oldindan mavjud boʻlgan gipertenziya[2]
- Trombofiliyalar (antifosfolipid sindromi, protein C/S yetishmovchiligi, Leyden V omili)
- Buyrak koʻchirib oʻtkazilgan boʻlsa[3]
Homiladorlik bilan bogʻliq sabablar:
- Koʻp homiladorlik (egizak yoki uch egizak va boshqalar)[2]
- Yoʻldosh anomaliyalari:
- Giperplasentoya
- Yoʻldosh ishemiyasi
Oilaviy anamnezi:
- Oilaviy anamnezida preeklampsiyaning boʻlishi
Differensial diagnostika
tahrirHomiladorlikning bir nechta gipertenziv holatlari mavjud:
- Gestatsion gipertenziya
- Homiladorlik gipertenziyasi odatda siydikda oqsil boʻlmasdan, 6 soatdan koʻproq vaqt oraligʻida ikkita alohida holatda oʻlchanadigan va homiladorlikning 20 haftasidan keyin tashxis qoʻyilgan qon bosimining 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi[4].
- Preeklampsiya
- Preeklampsiya – bu homiladorlik gipertenziyasi va proteinuriya (24 soatlik siydik namunasida >300mg oqsil boʻlishi). Ogʻir preeklampsiya holati qoʻshimcha tibbiy belgilar va alomatlar bilan birga 160/110 dan yuqori qon bosimi bilan namoyon boʻladi. HELLP sindromi preeklampsiyaning bir turi. Bu uchta tibbiy holatning kombinatsiyasi hisoblanadi: gemolitik anemiya, jigar fermentlarining miqdorining koʻtarilishi va trombotsitlar sonining pastligi.
- Eklampsiya
- Bu yuqori qon bosimi va proteinuriyasi bor homilador ayolda tonik-klonik tutqanoqlar paydo boʻlishi. Preeklampsiya va eklampsiya baʼzan umumiy sindromning tarkibiy qismlari sifatida qaraladi.
Davolash
tahrirHech qanday maxsus davolash usullari yoʻq, lekin preeklampsiya va uning hayotga xavf tugʻdiruvchi asoratlarini (HELLP sindromi va eklampsiya) tezda aniqlash uchun diqqat bilan kuzatib boriladi.
Dori moddalari bilan davolash imkoniyatlari cheklangan, chunki koʻplab antigipertenziv dorilar homilaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin retseptorlari blokerlari va toʻgʻridan-toʻgʻri renin ingibitorlari teratogen taʼsirga ega boʻlgani uchun homiladorlikda qarshi koʻrsatmadir. Metildopa, gidralazin, nifedipin va labetalol ogʻir homiladorlik gipertenziyasi uchun eng koʻp qoʻllaniladigan dori vositalari hisoblanadi[5].
Homilada hayot uchun xavfli boʻlgan turli xil kasalliklar, shu jumladan oʻpka gipoplaziyasi (yetilmagan oʻpka) uchrash xavfi yuqori. Agar xavfli asoratlar homila yashab keta olish darajasiga yetganidan keyin paydo boʻlsa, hatto hali yetuk boʻlmasa ham, onaning ham, bolaning ham hayotini saqlab qolish uchun erta tugʻruq amalga oshirilishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „40“, Williams obstetrics, 24th, McGraw-Hill Professional, 2014. ISBN 9780071798938.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Gestational Hypertension“. Stanford Children's Health. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
- ↑ "Gestational hypertension and preeclampsia in living kidney donors". N. Engl. J. Med. 372 (2): 124–33. January 2015. doi:10.1056/NEJMoa1408932. PMID 25397608. PMC 4362716. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4362716.
- ↑ Lo, JO; Mission, JF; Caughey, AB (April 2013). "Hypertensive disease of pregnancy and maternal mortality.". Current Opinion in Obstetrics and Gynecology 25 (2): 124–32. doi:10.1097/gco.0b013e32835e0ef5. PMID 23403779.
- ↑ "Drug Treatment of Hypertension in Pregnancy". Drugs 74 (3): 283–296. March 2014. doi:10.1007/s40265-014-0187-7. PMID 24554373. PMC 4558097. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4558097.