Homiladorlikdagi jigar ichi xolestazi

Homiladorlikdagi jigar ichi xolestazi (shuningdek, akusherlik xolestazi, homiladorlik xolestazi, homiladorlik sariqligi deb ham ataladi) – homiladorlik davrida xolestaz yuzaga kelishi bilan kechadigan tibbiy holat[1]. Odatda qichishish bilan kechadi va ona va chaqaloq uchun turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin[2].

Homiladorlik davridagi jigar ichi xolestazi
Cholestasis high mag
Jigar xolestazining mikroskopda ko'rinishi
Mutaxassislik Gepatologiya Ginekologiya
Sabablari Aniq emas
Tashxis usullari Qon biokimyoviy tahlili

Qichishish homiladorlikning keng tarqalgan alomati boʻlib, ayollarning taxminan 23 foizida uchraydi[3]. Koʻpincha qichishish terining oʻzgarishi, ayniqsa qorin boʻshligʻining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan kichik bezovtalik holatidir. Biroq, qichishish homiladorlik xolestazining alomati boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar ham mavjud. Qichishish odatda qoʻl kaftlarida va oyoq tagida sezilsa ham, tananing har qanday joyida paydo boʻlishi mumkin.

Homiladorlik xolestazi odatda homiladorlikning uchinchi trimestrida sodir boʻladi, ammo homiladorlikning istalgan vaqtida boshlanishi ham mumkin.

Belgilari

tahrir

Ushbu kasallikka chalingan ayollarning aksariyati uchinchi trimestrda hech qanday toshmalarsiz qichishishdan shikoyat qiladi. Odatda, qichishish qoʻllarning kaftlari va oyoq tagida boʻladi, lekin tananing boshqa sohalarida ham boʻlishi mumkin.

Homiladorlik xolestazining oʻziga xos belgilariga quyidagilar kiradi[4]:

Keng tarqalgan belgilari:

  • Qichishish, ayniqsa qoʻl kaftlari va oyoq tagida toshmasiz qichishish;
  • Kechqurun koʻproq seziladigan qichishish;
  • Siydik rangining toʻqroq boʻlishi;

Kam uchraydigan belgilari:

  • Najas rangi ochiqroq boʻlishi;
  • Qon ivish vaqtining uzayishi;
  • Charchoq;
  • Koʻngil aynishning ortishi;
  • Ishtahaning pasayishi;
  • Sariqlik (ayollarning 10% dan kamrogʻida);
  • Qorinning yuqori oʻng kvadrat sohasida ogʻriq.

Homiladorlik xolestazi bilan ogʻriganlarning hammasida ham yuqoridagi belgilar uchramasligi mumkin.

Mexanizmi

tahrir

Homiladorlik intragepatik xolestazining sabablari hali ham toʻliq aniqlanmagan, ammo genetik oʻzgarishlar[5][6], gormonlar va atrof-muhitning kombinatsiyasi tufayli yuzaga keladi deb taxmin qilinadi[7]. Gormonlar, atrof-muhit va genetik omillar bu holatga hissa qoʻshishi mumkin[8].

  • Homiladorlik xolestazi odatda uchinchi trimestrda gormonlar darajasi eng yuqori boʻlgan vaqtda sodir boʻladi.
  • Yuqori gormonlar darajasi bilan bogʻliq boʻlgan egizak va uchlik homiladorlikda homiladorlik xolestazining yuqori chastotasi kuzatiladi[9].
  • Homiladorlik xolestazi tugʻruqdan keyin, platsenta gormoni ishlab chiqarish toʻxtatilganda tezda yoʻqoladi.
  • Dastlabki sinflardagi yuqori dozali estrogeni boʻlgan ogʻiz kontraseptiv tabletkalari homiladorlik xolestaziga olib kelishi mumkin.

Estrogenlar

tahrir

Estrogenlar, xususan, estradiol-17β-D-glyukuronid kabi glyukuronidlar gepatotsitlar tomonidan oʻt kislotasi soʻrilishini kamaytirish orqali hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda xolestazni keltirib chiqarishi koʻrsatilgan[10].

Progesteron

tahrir

Homiladorlikning uchinchi trimestrida progesteron bilan davolash homiladorlik xolestazi rivojlanishi bilan bogʻliqligi aniqlangan va progesteron metabolitlari darajasi, xususan, sulfatlangan progesteron [11] homiladorlik xolestazi bilan ogʻrigan bemorlarda bu bilan kasallanmagan ayollarga qaraganda yuqori, bu homiladorlik xolestazida progesteron estrogenga qaraganda muhimroq rol oʻynashi mumkinligini koʻrsatadi[12].

Genetik omillar

tahrir

Oilalarda homiladorlik xolestazi holatlarining klasterlanishi, keyingi homiladorliklarning 45-70% da bu holatning takrorlanishi kasallikning genetik komponentini koʻrsatadi[8]. Homiladorlik xolestazi holatlarida fosfatidilxolinning safroga sekretsiyasini nazorat qiluvchi gepatotsellyulyar transport oqsili ABCB4 (MDR3) dagi genetik mutatsiyalar aniqlangan[13].

Jigar oʻt tuzlarini tashuvchi molekulalariga taʼsir qiluvchi genetik mutatsiyalar, shuningdek, progressiv oilaviy intragepatik xolestaz boʻlgan bemorlarda ham topilgan. Ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemorlarning onalarida homiladorlik xolestazi bilan kasallanish koʻproq ekanligi aniqlandi, bu esa ushbu mutatsiyalarning geterozigota tashuvchilari ham bu kasallikka moyil ekanligini koʻrsatadi[8].

Safro tuzlarini tashuvchi transport molekulalarda genetik oʻzgarishlarga qoʻshimcha ravishda, yuqori darajadagi estrogen glyukuronidlari safro tuzi eksport pompasini (BSEP) ABCB11 ni ingibitsiya qilishi[14], va yuqori darajadagi progesteron ABCB4 (MDR3) fosfolipid tashuvchisi ishini susaytirishi aniqlangan[15].

Binobarin, gepatotsitlardagi safro sekretsiyasida ishtirok etuvchi oqsillarning irsiy mutatsiyalari ham homiladorlik davrida yuqori darajadagi gormon metabolitlari tomonidan ushbu oqsillar ishini susaytirishi orqali intragepatik xolestaz patogenezida rol oʻynashi mumkin[7].

Atrof-muhit omillari

tahrir

Homiladorlikdagi jigar ichi xolestazining bir qator xususiyatlari atrof-muhit omillari ham kasallikda rol oʻynashini koʻrsatadi:

  • Xabar qilinishicha, homiladorlik xolestazi bilan kasallanish yozga qaraganda qishda koʻproq boʻladi[16].
  • Chilida bu kasallik bilan kasallanish 1975-yilgacha boʻlgan homiladorlikning 14 foizidan 2016-yilda 4 foizga kamaydi[17].
  • Homiladorlik xolestazi keyingi homiladorlikda 60% dan 90% gacha takrorlanadi.
  • Qon zardobidagi selenning past darajalari homiladorlik xolestazi bilan bogʻlangan[18], ammo selenning safro sekretsiyasidagi roli nomaʼlum.

Diagnostikasi

tahrir

Homiladorlik xolestazi qon analizlari orqali tashxislanadi. Koʻpgina homilador ayollar vaqti-vaqti bilan qichishishni boshdan kechirishsa-da, koʻrinadigan toshmalarsiz qichishish yoki doimiy yoki keng qamrovli qichishish belgilari haqida akusherga yoki ginekologga xabar berish kerak. Shuni taʼkidlash kerakki, qichishish darajasi oʻt kislotasi darajasiga bogʻliq emas. Homiladorlik xolestazidagi qichishish yengildan ogʻirgacha boʻlishi mumkin.

Homiladorlik xolestazi tashxisini qoʻyish uchun jigar funksiyasi va qon zardobidagi safro kislotasi miqdorini koʻrsatuvchi qonning biokimyoviy analizini talab qilish kerak. Baʼzi hollarda ALT darajasi koʻtarilishi mumkin boʻlsa-da, homiladorlik xolestazi boʻlgan ayollarning 20%i jigarning normal funksiyasini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlarga ega boʻladi[19].Kaftlar va oyoqlarning qichishi yuqori safro kislotasi darajasi bilan kelganda homiladorlik xolestazining potensial diagnostikasi sifatida koʻrilishi mumkin.

Tashxis qoʻyishda homiladorlik davrida yuzaga keladigan jigar bilan bogʻliq boshqa muammolarni davolovchi shifokor koʻrib chiqishi kerak. Bularga preeklampsiya, HELLP sindromi va homiladorlikdagi oʻtkir yogʻli gepatoz kiradi. Bundan tashqari, gepatitning boshqa sabablari, masalan, gepatit viruslari, saraton va baʼzi dorilar taʼsirinini ham hisobga olish kerak.

Davolash

tahrir

Homiladorlik xolestazi uchun hech qanday aniq davo choralari mavjud emas va muvaffaqiyatli natijani kafolatlashning hech qanday usuli yoʻq boʻlsa-da, tadqiqotlar ursodeoksixol kislotasini qoʻllash homila va onaning holatini biroz yaxshilashi, xolestiramin esa faqat qichishishni yengillashtirishini koʻrsatgan[10][20]. Kasallikni davolashda koʻpgina shifokorlar ursodeoksixol kislotani buyuradilar. Eng soʻnggi tadqiqotlar umumiy foydali taʼsir koʻrsatmadi[21], ammo baʼzi tadqiqotchilar safro kislotalari > 40 mkmol / litr boʻlgan ayollarga ursodeoksixolatni buyurish foydali boʻlishi mumkin deb hisoblashadi.

Ogʻiz orqali suvda eriydigan K vitamini berish tugʻruq paytida qon ketish xavfini oldini olishga yordam berishi haqida hech qanday isbotlangan dalillar yoʻq. Biroq, agar ayolda najas rangi oqargan boʻlsa, oʻta ogʻir homiladorlik xolestazi (safro kislotalari > 100 mkmol/litr) boʻlsa yoki qon ivishi bilan bogʻliq muammo boʻlsa, mutaxassislar homiladorlik xolestazi uchun K vitaminni buyurishadi.

Asoratlar

tahrir

Onada yuzaga keladigan asoratlarga quyidagilar kiradi:

  • Qichishish, kuchli va darmonsizlantiruvchi darajada boʻlishi mumkin;
  • Safro kislotalari 40 mkmol/litr dan oshganda spontan erta tugʻilish (tabiiy abort) kuzatilishi mukin[22].

Homilada yuzaga keladigan asoratlarga quyidagilar kiradi:

  • Homila distressi;
  • Mekoniyni yutish;
  • Oʻlik tugʻilish.

Koʻpgina hollarda 34-haftadan dan 39-haftagacha boʻlgan muddatda bolani dunyoga keltirish tavsiya etiladi[23][24][25][26][27][28].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Rapini, Ronald P.. Dermatology: 2-Volume Set. St. Louis: Mosby, 2007. ISBN 978-1-4160-2999-1. 
  2. "Common skin conditions during pregnancy". American Family Physician 75 (2): 211–8. January 2007. PMID 17263216. https://archive.org/details/sim_american-family-physician_2007-01-15_75_2/page/n80. 
  3. Kenyon, AP; Tribe, RM; Nelson-Piercy, C; Girling, JC; Williamson, C; Seed, PT; Vaughn-Jones, S; Shennan, AH (2010). "Pruritus in pregnancy: A study of anatomical distribution and prevalence in relation to the development of obstetric cholestasis". Obstetric Medicine 3 (1): 25–29. doi:10.1258/om.2010.090055. PMID 27582836. PMC 4989767. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4989767. 
  4. „Intrahepatic cholestasis of pregnancy“ (english). www.marchofdimes.org. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  5. Dixon, PH; Wadsworth, CA; Chambers, J; Donnelly, J; Cooley, S; Buckley, R; Mannino, R; Jarvis, S et al. (2014). "A comprehensive analysis of common genetic variation around six candidate loci for intrahepatic cholestasis of pregnancy". American Journal of Gastroenterology 109 (1): 76–84. doi:10.1038/ajg.2013.406. PMID 24366234. PMC 3887577. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3887577. 
  6. Dixon, PH; Sambrotta, M; Chambers, J; Taylor-Harris, P; Syngelaki, A; Nicolaides, K; Knisely, AS; Thompson, RJ et al. (2017). "An expanded role for heterozygous mutations of ABCB4, ABCB11, ATP8B1, ABCC2 and TJP2 in intrahepatic cholestasis of pregnancy". Scientific Reports 7 (1): 11823. doi:10.1038/s41598-017-11626-x. PMID 28924228. PMC 5603585. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5603585. 
  7. 7,0 7,1 "Intrahepatic cholestasis of pregnancy". Orphanet Journal of Rare Diseases 2: 26. 2007. doi:10.1186/1750-1172-2-26. PMID 17535422. PMC 1891276. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1891276. 
  8. 8,0 8,1 8,2 "Intrahepatic cholestasis of pregnancy: molecular pathogenesis, diagnosis and management". J. Hepatol. 33 (6): 1012–21. December 2000. doi:10.1016/S0168-8278(00)80139-7. PMID 11131439. 
  9. "Intrahepatic cholestasis of pregnancy in twin pregnancies". Journal of Hepatology 9 (1): 84–90. July 1989. doi:10.1016/0168-8278(89)90079-2. PMID 2768798. https://archive.org/details/sim_journal-of-hepatology_1989-07_9_1/page/84. 
  10. 10,0 10,1 "Bile acids and progesterone metabolites in intrahepatic cholestasis of pregnancy". Annals of Medicine 32 (2): 94–106. March 2000. doi:10.3109/07853890009011758. PMID 10766400. https://archive.org/details/sim_annals-of-medicine_2000-03_32_2/page/94. 
  11. Abu-Hayyeh, S (2015). "Prognostic and mechanistic potential of progesterone sulfates in intrahepatic cholestasis of pregnancy and pruritus gravidarum". Hepatology 63 (4): 1287–1298. doi:10.1002/hep.28265. PMID 26426865. PMC 4869673. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4869673. 
  12. Abu-Hayyeh, S; Ovadia, C; Lieu, T; Jensen, DD; Chambers, J; Dixon, PH; Lovgren-Sandblom, A; Bolier, R et al. (2016). "Prognostic and mechanistic potential of progesterone sulfates in intrahepatic cholestasis of pregnancy and pruritus gravidarum". Hepatology 63 (4): 1287–1298. doi:10.1002/hep.28265. PMID 26426865. PMC 4869673. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4869673. 
  13. Dixon, PH (2017). "An expanded role for heterozygous mutations of ABCB4, ABCB11, ATP8B1, ABCC2 and TJP2 in intrahepatic cholestasis of pregnancy". Scientific Reports 7 (1): 11823. doi:10.1038/s41598-017-11626-x. PMID 28924228. PMC 5603585. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5603585. 
  14. "Drug- and estrogen-induced cholestasis through inhibition of the hepatocellular bile salt export pump (Bsep) of rat liver". Gastroenterology 118 (2): 422–30. 2000. doi:10.1016/S0016-5085(00)70224-1. PMID 10648470. https://archive.org/details/sim_gastroenterology_2000-02_118_2/page/422. 
  15. "Role of multidrug resistance P-glycoproteins in cholesterol esterification". Journal of Biological Chemistry 272 (2): 1026–31. January 1997. doi:10.1074/jbc.272.2.1026. PMID 8995398. https://archive.org/details/sim_journal-of-biological-chemistry_1997-01-10_272_2/page/n335. 
  16. Williamson, Catherine; Geenes, Victoria (2014). "Intrahepatic cholestasis of pregnancy". Obstetrics and Gynecology 124 (1): 120–33. doi:10.1097/AOG.0000000000000346. PMID 24901263. https://semanticscholar.org/paper/98b5c92eb0694656c11e8fa0ae32f2e850b743c5. 
  17. Ovadia, Caroline; Williamson, Catherine (2016). "Intrahepatic cholestasis of pregnancy: recent advances". Clinics in Dermatology 34 (3): 327–34. doi:10.1016/j.clindermatol.2016.02.004. PMID 27265070. https://kclpure.kcl.ac.uk/portal/en/publications/intrahepatic-cholestasis-of-pregnancy(b96ae410-b8c6-4877-b145-399bc7580718).html. 
  18. "Low serum selenium concentration and glutathione peroxidase activity in intrahepatic cholestasis of pregnancy". British Medical Journal (Clinical Research Edition) 294 (6565): 150–2. January 1987. doi:10.1136/bmj.294.6565.150. PMID 3109544. PMC 1245162. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1245162. 
  19. Conti-Ramsden, F; McEwan, M; Hill, R; Wade, J; Abraham, G; Buckeldee, O; Williamson, C; Knight, CL et al. (2019). "Detection of additional abnormalities or co-morbidities in women with suspected intrahepatic cholestasis of pregnancy". Obstetric Medicine 13 (4): 185–191. doi:10.1177/1753495X19868873. PMID 33343695. PMC 7726172. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7726172. 
  20. Walker, Kate F.; Chappell, Lucy C.; Hague, William M.; Middleton, Philippa; Thornton, Jim G. (27 July 2020). "Pharmacological interventions for treating intrahepatic cholestasis of pregnancy". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2020 (7): CD000493. doi:10.1002/14651858.CD000493.pub3. ISSN 1469-493X. PMID 32716060. PMC 7389072. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7389072. 
  21. Chappell, LC; Chambers, J; Dixon, PH; Dorling, J; Hunter, R; Bell, JL; Bowler, U; Hardy, P et al. (2019). "Ursodeoxycholic acid versus placebo in the treatment of women with intrahepatic cholestasis of pregnancy (ICP) to improve perinatal outcomes: protocol for a randomised controlled trial (PITCHES)". Lancet 394 (10201): 849–860. doi:10.1016/S0140-6736(19)31270-X. PMID 31378395. PMC 6739598. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6739598. 
  22. Glantz, A; Marschall, HU; Mattsson, LA (2004). "Intrahepatic cholestasis of pregnancy: Relationships between bile acid levels and fetal complication rates". Hepatology 40 (2): 467–474. doi:10.1002/hep.20336. PMID 15368452. https://archive.org/details/sim_hepatology_2004-08_40_2/page/467. 
  23. Ovadia, Caroline (2019). "Association of adverse perinatal outcomes of intrahepatic cholestasis of pregnancy with biochemical markers: results of aggregate and individual patient data meta-analyses". Lancet 393 (10174): 899–909. doi:10.1016/S0140-6736(18)31877-4. PMID 30773280. PMC 6396441. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6396441. 
  24. Geenes V, Williamson C (2009). "Intrahepatic Cholestasis of pregnancy". World Journal of Gastroenterology 15 (17): 2049–2066. doi:10.3748/wjg.15.2049. PMID 19418576. PMC 2678574. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2678574. 
  25. Fisk NM, Storey GN: "Fetal outcome in obstetric cholestasis. Br J Obstet Gynaec 1988;95:1137- 1143.
  26. Zecca E, Costa S, Lauriola V (2003). "Bile acid pneumonia: A "new" form of neonatal respiratory distress syndrome?". Pediatrics 114 (1): 269–272. doi:10.1542/peds.114.1.269. PMID 15231944. 
  27. Shaw D, Frohlich J, Wittmann BA, Willms M (1982). "A prospective study of 18 patients with cholestasis of pregnancy". Am J Obstet Gynecol 142 (6): 621–625. doi:10.1016/s0002-9378(16)32430-9. PMID 7065033. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-obstetrics-and-gynecology_1982-03-15_142_6/page/n58. 
  28. Davies MH, Silva RC, Jones SR (1995). "Fetal mortality associated with cholestasis of pregnancy and the potential benefit of therapy with ursodeoxycholic acid". Gut 37 (4): 580–584. doi:10.1136/gut.37.4.580. PMID 7489950. PMC 1382915. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1382915.