Gonolulu
(Honoluludan yoʻnaltirildi)
Gonolulu — AQShdagi shahar va port. Gavayi shtatining maʼmuriy markazi. Tinch okeandagi dengiz va havo yoʻllarining muhim tuguni. Oaxu o.ning jan. sohilida joylashgan. Aholisi 371,6 ming , shahar atrofi bilan birga 800 mingdan ziyod kishi (2000). Shakar-qand, meva-konserva va baliq-konserva zavodlari, kemasozlik korxonasi bor. Gavayi o.lari tashqi savdosining deyarli hammasi Gonoluluorqali oʻtadi. Kurort joy. Turizm markazlaridan. Gonoluluda universitet (1919), Tinch okean aloqa instituti, xalqaro aeroport va b. bor. Gonoluludan gʻarbroqdagi Perl-Harbor buxtasida AQShning Tinch okeandagi eng yirik harbiy dengiz bazalaridan biri joylashgan.
21°18′16.9″N 157°51′25.9″W / 21.304694°N 157.857194°W | |
Mamlakat | AQSh |
Asos solingan | 1907 |
Maydon | 177.2 km2 (68.4 kv mi) |
Aholisi (2010) |
390 738 |
Pochta indeks(lar)i | 96801–96850 |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |