Horsham (Viktoriya)
Horsham (/ˈhɔːrʃəm/) — Avstraliyaning gʻarbiy Viktoriya shtatidagi Vimmera mintaqasidagi shahar. Vimmera daryosining burilish qismida, shtat poytaxti Melburndan taxminan 300 kilometr (190 mi) shimoli-gʻarbda joylashgan. 2021-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Horsham aholisi 20,429 kishidan iborat edi[1]. Bu Wimmeradagi eng gavjum shahar va Horsham qishloq shahri mahalliy hokimiyat hududining asosiy maʼmuriy markazi hisoblanadi. Bu Viktoriya shtatidagi Melburn, Geelong, Ballarat, Bendigo, Vodonga, Mildura, Shepparton, Warrnambool, Traralgon va Wangarattadan keyin oʻn birinchi o`rindagi yirik shaharchadir.
Dastlabki koʻchmanchi James Monckton Darlot oʻzining tugʻilgan joyi Angliyadagi Horsham shahri sharafiga mazkur aholi punktiga shu nomni bergan. U 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Gʻarbiy Viktoriya bugʻdoy va jun sanoatining markazi sifatida oʻsib, 1910-yillarning boshlarida Vimmera va Gʻarbiy Viktoriyadagi eng yirik shaharga aylandi. Horsham 1949-yilda shahar deb eʼlon qilingach, 2001-yilda Avstraliyaning eng ozoda shahri[2] va 2021-yilda Viktoriyaning eng ozoda shahri[3] deb topilgan.
Anʼanaviy mulkchilik
tahrirViktoriya hukumati Wotjobaluk, Jaadwa, Jadawadjali, Wergaia va Jupagik xalqlarini Horsham hududining tub yerlik xalqi sifatida tan olingan[4]. Ushbu besh millat Aboriginal Korporatsiyasi tomonidan tasdiqlangan[5].
Aholisi
tahrir2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Horshamda 16,250 kishi yashagan.
- 90,3 % odamlar faqat ingliz tilida gaplashadilar. Ingliz tili shaharning asosiy tili hisoblanadi.
- Aholining 87,4 foizi Avstraliyada tugʻilgan. Keyingi eng koʻp tugʻilish kuzatilgan mamlakatlarda natija: Angliya 1,2 % va Hindiston 0,7 % ni tashkil etgan.
- Aborigenlar va Torres boʻgʻozi orollari aholisining 1,7 % ni tashkil qiladi.
- Dinga nisbatan eng koʻp berilgan javoblarga koʻra, dinsizlar (ateistlat) 30 %, katoliklar 17 %, anglikanlar 11 % va lyuteran 8 % edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „2021 Horsham, Census All persons QuickStats | Australian Bureau of Statistics“. www.abs.gov.au. Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
- ↑ HRCC. „Horsham Rural City Council“. 2007-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 30-oktyabr.
- ↑ Sylwia. „Horsham named the Tidiest of them all“. Keep Victoria Beautiful (2021-yil 17-noyabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ „Map of formally recognised traditional owners“. Aboriginal Victoria. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
- ↑ „Welcome to Barengi Gadjin Land Council“. Barengi Gadjin Land Council. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.