Hoshim Arslonov
Hoshim Arslonov – kino va teatr aktyori. Kino, teatr va dublyaj sohasida samarali faoliyat olib borgan. 2020-yilning 29-may kuni saraton kasalligidan vafot etgan[1].
Hoshim Arslonov | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1956-yil |
Vafoti |
29-may 2020-yil (63 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1977-2017 |
Biografiyasi
tahrir- 1950-yilda Chust tumanida tugʻilgan.
- 1977-yilda Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutini tamomlagan.
- 1977-yildan 2017-yilgacha Oʻzbek davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.
Filmografiya
tahrirArslonov „Margʻiyona“ (1996), „Otamdan qolgan dalalar“ (1997), „Alpomish“ (2000), „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ (2006), „Chavandoz“ (2007), „Qasos“ (2011) va boshqa filmlarda suratga tushgan[2]. Uning kinodagi soʻnggi ishi 2019-yilda suratga olingan „101-reys“ filmi boʻlib qoldi. Bu filmda Hoshim Arslonov layner bosh uchuvchisi samolyot kapitani obrazini gavdalantirdi. Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda „Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon“ filmidagi roli uchun gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va sovrindor boʻlgan[3].
Hoshim Arslonov dublyaj sohasida uzoq va samarali faoliyat olib borib, minglab kino-film va seriallarni ovozlashtirishda qatnashgan. Karib dengizi qaroqchilari, Garri Potter, Uzuklar Hukumdori kabi filmlarda bosh qahramonlarga ovoz bergan.