Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri

Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri (armancha: Հրաչյա Ղափլանյանի անվան դրամատիկական թատրոն) – 1967-yilda Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Hrachya Ghaplanyan tomonidan tashkil qilingan drama teatri. Teatr Yerevanning Kentron tumanida, Isaxakyan koʻchasi, 28-uyda joylashgan.

Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri
armancha: Հրաչյա Ղափլանյանի անվան դրամատիկական թատրոն
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Isahakyan koʻchasi, 28
Shahar Yerevan
Mamlakat Armaniston
Koordinatalar 40°11′20″N 44°31′12″E / 40.18889°N 44.52000°E / 40.18889; 44.52000
Official website
Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri

U 1967-yilda Hrachya Gaplanyan rejissiyorligidagi Vsevolod Vishnevskiyning „An Optimistic Tragedy“ (tarjimasi „Optimistik fojia“) spektakli bilan ochib berilgan[1].

Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri shu paytgacha Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Gruziya, Bolgariya, Polsha, Angliya, Ruminiya, Vengriya kabi koʻplab mamlakatlarda gastrol safarlarida boʻlgan hamda mashhur ingliz drammaturgi William Shakespeare sharafiga uyushtirilgan bir qancha festivallarda ishtirok etgan.

Teatr dasturida klassik va zamonaviy turdagi koʻplab asarlar mavjud boʻlib, teatrda shu paytgacha 100 dan ortiq spektakllar qoʻyilgan.

Teatrda rol ijro etgan mashhur aktyorlar orasida Mari Rouz Abusefian, Ashot Ghazaryan, Hrachya Ghazaryan, Rafael Kotanjyan, Evelina Shahiryan, Levon Sharafyan va Anaxit Topchyan kabi teatr aktyorlari bor.

Bugungi kunda teatr repertuarida 20 ta spektakl mavjud[2].

Xodimlari

tahrir

Badiiy rahbari

tahrir

1986-yildan buyon teatrning badiiy rahbari lavozimida Armen Khandikyan ishlab kelmoqda[3][4].

Direktorlari

tahrir

Shu paytgacha Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri direktori lavozimida Hrachya Harutyunyan, Grigor Khachatryan, Robert Harutyunyan, Armen Barseghyan va Jean-Pierre Nshanyanlar ishlab kelishgan[5].

Aktyorlari

tahrir

Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri truppasida Guzh Manukyan, Artur Utmazyan, Evelina Shahiryan, Robert Harutyunyan, Hrachya Harutyunyan, Gohar Igityan, Luiza Ghambaryan va boshqalar bor[6].

Manzili

tahrir

Hrachya Ghaplanyan nomidagi drama teatri Armaniston poytaxti Yerevan shahri Isahakyan koʻchasi 28-uyda joylashgan.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „1967 Till Now“ (en-US). Yerevan Dramatic Theatre. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  2. „About Us“ (en-US). Yerevan Dramatic Theatre. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  3. VisitArmenia „Dramatic Theater after Hrachya Ghaplanyan“ (English). VisitArmenia.travel. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  4. „Art Director“ (en-US). Yerevan Dramatic Theatre. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  5. „Directors“ (en-US). Yerevan Dramatic Theatre. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  6. „Actors“ (en-US). Yerevan Dramatic Theatre. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.