Hudaychi
Hudaychi, hudaychi (arab. – boshqarmoq, yoʻl koʻrsatmoq) – Oʻrta Osiyoda amir yoki xon saroyidagi mansab. Hudaychi 2 darajaga boʻlingan: „hudaychiyi dasti rost“ („oʻng qoʻl hudaychi“) va „hudaychiyi dasti chap“ („chap qoʻl hudaychi“). Ular oliy hukmdorning oʻng va chap yonida turib, saroyda oʻtkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. Birinchisining haq-huquqlari ikkinchisinikidan bir oz kengroq boʻlgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |