Hufuf
Hufuf, al-Hufuf — Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi: Jidda — Ar Riyod — Rastannura avtomagistral yoʻlidagi transport manzili. Transport yoʻli stansiyasi. Sement zavodi bor. Xurmoga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan: hajga boruvchilar uchun maxsus kiyim-bosh (ihrom kiyimi) tikiladi, movut toʻqiladi, kumush va oltin buyumlar tayyorlanadi. H.ning gʻarbida yirik Gavar neft konlari bor (mam-lakatda qazib olinadigan neftning 1/2 qismini beradi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |