Hujayra injeneriyasi
Hujaira injeneriyasi - ozuqali muhitda hujayra oʻstirish (hujayra kulturasi), duragayi va rekons-truksiyasiga asoslanib, yangi hujayra tipini yaratish usuli. Hujaira injeneriyasi yagona hujayra va toʻqimalarni maxsus sunʼiy ozuqali muhitda oʻstirish bilan bogʻ-liq. Oʻsimlik hujayra kulturasi murakkab tajriba yoʻli bilan tashkil qilingan biologik sistema — qayta differensiatsiyalangan somatik hujayra boʻlib, ayrim sharoitlarda oʻsimlikni qayta toʻliq tiklash qobiliyatiga ega. Hujaira injeneriyasi yordamida har xil turga (hatto har xil tiplarga) mansub genomlarni birlashtirish mumkin. Hujaira injeneriyasi biologiya, shuningdek, biotexnologiyada, mas, duragaylar yordamida tibbiyot va fanning boshqa sohalari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan mono-klonal (bir xil xususiyatga ega) an-titelolar olishning koʻpgina nazariy muammolarini hal qilishda qoʻllanadi. Tor maʼnoda "Hujaira injeneriyasi" deganda pro-toplastlar (hujayra qobigʻi yoʻq oʻsimlik hujayrasi)ni qoʻshish tushuniladi. Hujaira injeneriyasida duragaylash uchun ota-ona jinsiy hujayralari (gametalar) emas, balki oʻsimlikning tana (soma-tik) hujayralari olinadi va t ukgo sharoiti (organizmdan tashqari)da qoʻshiladi. Buning uchun maxsus fermentlar yordamida hujayraning qattiq polisaxarid poʻstlogʻi ajratiladi va hosil boʻlgan "ochiq" hujayralar (protoplastlar) elektr maydoni taʼsi-rida yoki yopishtiruvchi yuqori mole-kulali polisaxaridlar yordamida biriktiriladi.
Protoplastlarni biriktirib somatik duragaylar olishda oʻsimlik hujayralari va toʻqimalarini sunʼiy sharoitda, shuningdek, alohida pro-toplastlarni oʻstirish usullaridan foydalaniladi. Birinchi usul yuksak oʻsimliklardan ajratib olingan hujayra yoki hujayralarning maʼlum sharoit hamda maxsus ozuqali muhitda qayta differensiatsiyalanib (toʻqimaga xos xususiyatlarini yoʻqo-tib) bir hujayrali organizm kabi yashab, koʻpayishiga asoslangan. Mana shunday 1p U1(go sharoitida, uyushmagan holda oʻaish va koʻpayish bir necha oʻn yillab davom etishi mumkin. Biroq oʻstirish sharoitini oʻzgartirish bilan, mas, ozuqali muhitdagi fitogormonlar miqdorini oʻzgartirib, hujayralarning uyushgan holda oʻsi-shiga erishish va ulardan yetuk oʻsimlikolish mumkin. Bu usullarning af-zalligi shundaki, probirkada muayyan organizmdan olingan koʻp millionlab hujayralar bilan bir vaqtning oʻzida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. muammoni hal qilishda hujayra oʻrnida oʻsimlikdan foydalanish esa uzoq mud-dat, koʻp ishchi kuchi va katta maydon talab qiladi. Keyingi yillarda alohida protoplastlar oʻstirish usuli keng rivojlanmoqda. Bunda fermentativ gidroliz yoʻli bilan hujayra qobigʻi ajratiladi va juda koʻp miqdorda oʻsimlikning "ochiq" hujayralari olinadi. Yuqori molekulyar massaga ega genlar hamda vektor molekulalar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) ozuqali eritmadan asta-sekin "ochiq" hujayra ichiga shimiladi va protoplastlar yot genlarga ega boʻladi. Protoplastlarni maʼlum sharoitda oʻstirib, hujayra qobigʻini qayta tiklash va t \\1yu sharoitida oʻsayotgan hujayralar singari oʻstirib, koʻpaytirib koloniyalar, shuningdek, yetuk oʻsimlik hosil qilinadi.
Hujaira injeneriyasining asosiy usullari: somatik duragaylash yordamida tabiatda jin-siy chatishmaydigan, filogenetik jihatdan bir-biridan uzoq oʻsimlik turlarini chatishtirish; bir ota yoki onaga taalluqli butun genlar toʻplami hamda boshqa ota yo onadan oʻtgan bir nechta xromosomaga ega assim-metrik duragaylar olish; bir paytning oʻzida uch va undan koʻp ota-ona hujayralarini qoʻshib, duragaylash sistemasini tuzish; genetik jihatdan otaonaning jami idiotiplariga ega duragaylar olish; yadrodan tashqarida, yaʼni sitoplazmada joylashgan genlar boʻyicha geterozigot dura-gaylar olish; generativ sistemadagi biologik nomuvofiqlikni bartaraf qilish; ota-onalardagi morfogenetik va gametogenetik anomaliya tufayli chatishmaydigan formalarni chatishtirish; har xil epigenetik programmaga ega hujayralarni du-ragaylash va boshqa Protoplastlarni qoʻshib, keyin duragay hujayralarni regeneratsiyalash bilan yetuk oʻsimliklar olish mumkinligi isbotlandi. Mas, birinchi marta (1972) tamaki oʻsimligining somatik hujayralari chatishtirilgan; shundan beri boshqa oʻsimliklarda ham somatik duragaylash (hammasi boʻlib 70 dan ziyod) ishlari amalga oshirildi. somatik duragaylashda boshlangʻich ota-ona materiali sifatida barg mezo-fill hujayralari protoplasti yoki oʻsimlikning 1p U11go sharoitida oʻsti-rilayotgan kallus toʻqimalaridan olingan protoplastdan foydalaniladi. Maqsadga muvofiq kombinatsiyalarni oddiy jinsiy chatishtirish yoʻli bilan olish juda murakkab boʻlgan holda somatik duragaylash bilan yuksak oʻsimliklar ota-ona genlarining yangi kom-binatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari keng.
1p ULGO sharoitida suyuq ozuqali muhitda oʻsadigan hujayralarni suspenzion hujayralar deb qarash va ularni morfologik, fiziologik, biokimyoviy va genetik jihatdan tavsiflash mumkin. Suspenzion hujayralar kul-turasi qimmatbaho biologik faol moddalar olish uchun manba hisoblanadi.
Hujayralar kulturasi qishloq xoʻjalik biotexnologiyasida keng foydalaniladi. Oʻzbekistonda Hujaira injeneriyasi boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar geneti-kasi va eksperimental biologiyasi institutining molekulyar genetika va biotexnologiya boʻlimida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Adabiyot
tahrir- Si dorov V.A., Biotexnologiya ras-teiiy. Kletochnayaseleksiya, Kiyev, 1990; raximbayev I.R., Kolumbayeva S.K.,Djo-kebaye va S.A., Kultura kletok i kletochnaya injeiyeriya rasteniy, Almaata, 1992; L uto -va L.A., Biotexnologiya vmsshix rasteniy, SPb, 2003.
Sotvoldi Jatayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |