Hujayra shirasi
Ushbu sahifani Vakuolalar bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Hujayra shirasi - oʻsimlikning tirik hujayrasidagi sitoplazma ajratadigan suyuqlik; vakuolalar ichida boʻladi. Hujayra shirasi suv va kolloid eritma koʻrinishidagi turli moddalardan iborat. Hujayra shirasining yopishqoqligi suvnikidan 2-martacha ortiq. Oʻsimlikning unmayotgan urugʻ va sporalaridagi Hujayra shirasi suvsiz, una boshlaganda esa u yana suvga toʻyinadi. Yosh hujay-ralarda Hujayra shirasi kam. Tarkibi oʻsimlik turinyng oʻsish sharoiti, yoshi va hujay-ralari xiliga bogʻliq. Hujayra shirasida uglevodlar, oshlovchi moddalar, aminokis-lotalar, organik hamda anorganik kislotalar va boshqa bor. Hujayra shirasi hujayraning osmotik bosimi va turgor holatiga sharoit yaratadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |