Hujr ibn AmrKinda davlati va Hujriylar sulolasi asoschisi. Arablarning Najd hududida yashagan kinda (yoki kindiylar) qabilasidan. U asos solgan Markaziy Arabistondagi Kinda davlati bir asrdan oshiqroq hukm surdi. Hujr ibn Amr Markaziy Arabistondagi arablarning birinchi podshohlaridan biri hisoblanadi. U asos solgan Kinda davlati poytaxti Qaryat al-fav boʻlgan.

Hujr
Hujr ibn Amr
Kinda davlati podshoh
Hukmronligining boshlanishi: taxm. 425
Hukmronligining tugashi: taxm. 458
Oʻtmishdosh: Sulola asoschisi
Voris:Amr ibn Hujr al-Maqsur
Tugʻilgan sanasi: Maʼlum emas
Vafot joyi:Batn Aqil, Kinda davlati (Markaziy Arabiston)
Farzandlari:Amr ibn Hujr al-Maqsur, Muoviya al Javn
Sulola:Kindiylar (Hujriylar)
Otasi:Amr

Kinda davlatiga asos solinishi

tahrir

Arab adabiyotida aytilishi boʻyicha, V asr boshlarida Najddagi eng yirik Bakr qabilasida o‘zaro ziddiyat yuz berib, go‘yo qabila boshliqlari Himyar podshosi Hassonga ularga hukmronlik qilishini soʻrab murojaat qilganlar. Hasson o‘z navbatida kindiylarning boshlig‘i o‘zining tug‘ishmagan, ammo emikdosh ukasi Hujr bin Amrni ularga podsho qilib tayinlaganmish. Shunday qilib, Kinda davlati vujudga kelibdi. Bu „xabar“ni tasdiqlovchi hozircha boshqa hech qanday tarixiy hujjat yo‘q. Yamandan topilgan epigrafik yozuvlarda Kinda davlati umuman tilga olinmaydi[1]. Muhammad A. Bamyeh fikricha, Oʻtroq Himyar podshosi Hassonning koʻchmanchi Bakr qabilasini qoʻshib olishni xohlamagan boʻlsa kerak[2].

Siyosati

tahrir

Hujr birinchi navbatda ikki arab qabilasining (Kinda va Bakr) ittifoqiga erishdi. U asos solgan davlat koʻproq qabilalar ittifoqi yoki konfederatsiyasiga oʻxshardi. Bu voqea taxminan milodiy 450-yili yuz berdi. Bundan biroz oldin laxmiylar davlati yuksalgan, Bakr qabilasiga qarashli ko‘pgina yaylovlarni bosib olgan edi. Hujr bu yerlarni laxmiylardan qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Hujr ibn Amr hukmronligi davri (425—458)[3] davlatda ichki tinchlik hukm surdi. Hujr Markaziy Arabistonda juda katta e’tibor qozonadi. Bunga Hujr ibn Amrning Markaziy Arabistonda turli qabilalarni markaziy hokimiyat atrofida birlashtirishga birinchi urinishlari sabab boʻlgandi. Ammo u tuzgan davlat qabilalar ittifoqi asosida edi va bir asrdan keyin yana parchalanadi.

Okil al-Murror

tahrir

Arab adabiyotida Hujrning laqabi Okil al-Murror (murror yegan) deb beriladi. Murror bargli o‘ta achchiq buta o‘simlik bo‘lib, uni tuya yesa lablari tirishib, tishlari irjayib ketarkan. Hujr tishlari irjaygan kishi boʻlgani uchun unga shunday laqab berilgan bo‘lsa kerak. Johiliya davrida insonning jismoniy noqisligiga nisbatan (boshqa balo-qazodan asrashi uchun) albatta laqab berish odat bo‘lgan[4].

Hujr vafotidan so‘ng uning o‘rnini toʻngʻich o‘g‘li Amr al-Maqsur egallaydi. Kinda davlati uning nevarasi Al-Horis ibn Amr Kindiy davrida (488—531) yuksaldi. Hujr ibn Amrning avlodlaridan Imru al-Qays arablarning mashhur shoirlaridan edi.

Manbalar

tahrir
  1. Hasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. -Toshkent: «Toshkent islom universiteti», 2001. 132-bet.
  2. Bamyeh, Mohammed A. (2006). «The Nomads of Pre-Islamic Arabia». Leiden: Brill. p. 40.
  3. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. A-Beshbaliq. Birinchi jild. Toshkent:«Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti», 2000-yil.
  4. Hasanov A. Qadimgi Arabiston va ilk islom: I kitob. Johiliya asri. -Toshkent: «Toshkent islom universiteti», 2001. 132-133-betlar.