Husan Yoʻldoshev
Husan Yoʻldoshev (1916-yil 21-fevral, Boʻyrabozor qishlogʻi, Asaka tumani, Margʻilon uyezdi, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — ?) — sovet davlat va jamoat arbobi, qishloq xoʻjaligi tashkilotchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965)[1].
Husan Yoʻldoshev | |
---|---|
Tavalludi |
21-fevral 1916-yil Boʻyrabozor qishlogʻi, Asaka tumani, Margʻilon uyezdi, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
Nomaʼlum Nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi tashkilotchisi |
Partiyasi | KPSS |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirHusan Yoʻldoshev 1916-yil 21-fevral Margʻilon uyezdi, Asaka tumani, Boʻyrabozor qishlogʻida tavallud topgan[1]. Millati oʻzbek[2]. 1943-yildan KPSS aʼzosi. 1930—1932-yillari Andijon viloyati, Lenin tumani Chapayev nomidagi kolxoz kotibi, 1934—1935-yillari Andijon tumani pillachilik boshqarmasi agrotexnigi boʻlib ishlagan[1]. 1932—1933-yillarda Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi texnikumida, 1934-yil yanvaridan [[1934-yil] dekabrgacha Andijon shahridagi sovet partiya maktabida oʻqigan[2]. 1936-1937-yillarda Lenin tumani ijroiya qoʻmitasida instruktor lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 1937-yilda harbiy xizmatga safarbar etilib, 1940-yilda harbiy xizmatni oʻtab qaytadi. Qisqa vaqt ichida, yaʼni 1941-yil yanvar-iyul oylarida Lenin tumani pillachilik boʻlim mudiri sifatida ishlaydi. 1941-yil iyul-noyabr oylarida gʻarbiy frontda 154-oʻqchi polk katta serjanti vazifasida harbiy xizmatni oʻtagan[2]. 1941—1943-yillari Lenin tumani komsomol kotibi, 1943—1946-yillarda Andijon viloyati pillachilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 1946—1949-yillari boshqarma boshligʻi boʻlib ishlagan[1][2]. Oʻzbekiston Kompartiyasi Oltinkoʻl (1949—1954), Chinobod (1954—1957), Voroshilov (1957—1961) Ilich (1961—1963) tumanlari partiya qoʻmitalarining birinchi kotibi, Qoʻrgʻontepa kolxoz-sovxoz ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi, 1964-yildan esa Namangan viloyati, Zadaryo tumani ijroiya qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan. 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1955—1962)[1]. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Mukofotlari
tahrirYoʻldoshev Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965, ayrim manbalarda 1957-yil[2]), Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni, „Jasurlik uchun“ medali (1947)[3] bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Yoʻldoshev Husan, Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, 5-tom, Toshkent: Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Фото. Юлдашев Хусан“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Юлдашев Хусан“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.