Hydra (talaffuzi: Hidra) — giyohvand moddalar savdosi boʻyicha Rossiyaning eng yirik onlayn qora bozor tarmogʻi. Kriptovalyuta va noqonuniy operatsiyalar hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta yashirin raqamli tarmoq[1]. 2015-yildan boshlab to hozirgi kungacha[2][3] mavjud.

Hydra 2015-yilda Way Away va Legal RC kompaniyalari birgalikda, sintetik kannabinoidlar va yetakchi darknet bozori boʻlgan RAMPda mavjud boʻlmagan dizaynerlik giyohvand dori vositalarini sotish uchun ishga tushirilgan[4]. Hydra foydalanuvchilari soni 2017- yilning oʻrtalariga qadar barqaror oʻsib bordi, RAMP oʻz faoliyatini toʻxtatganidan soʻng roʻyatga olinish darajasi keskin oʻsishiga olib keldi. 2019-yil oʻrtalariga kelib, saytda 2,5 million hisob qayd etilgan, Ulardan 393 mingtasi kamida bitta xaridni amalga oshirgan. „Proekt“ nashriga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarmida Hydraʼda o‘rtacha xarid miqdori 4500 rubl boʻlgan, 850 mingta bitim tuzilgan[5]. Lenta.ru maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda kuniga 227 million rubl aylanma va 13 mingdan ortiq xaridlar qilingan[6].

Hydrada eng mashhur tovarlar qatoriga giyohvand moddalardan tashqari, soxta pullar va maʼlumotlar, noqonuniy xatti-harakatlar uchun koʻrsatmalar sotiladi va sotib olinadi. Yana shuningdek, giyohvand moddalar savdosidan tashqari Internet xavfsizligi va elektron akkauntlarni buzib kirish kabi harakatlarni ham amalga oshirib, foydalanuvchilarga oid shaxsiy maʼlumotlarni ham sotib olish mumkin. Bundan tashqari, Hydrada odatda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha ishga takliflar ham qilinadi. Hydra kompaniyasining oʻzida oʻnlab odamlar, jumladan, reklama boʻlimlari, xavfsizlik xizmati, kimyogarlar va narkologlar ham ish olib borishadi[5].

Xaridorlar Hydraga Tor va "maxsus marshrutlar " orqali kirishadi. Buning uchun ular roʻyxatdan oʻtishlari va balanslarini toʻldirishlari kerak. Chunki savodolar naqt pullarda emas elekton toʻlovlar (kriptovalyutalar)da amalga oshiriladi[7]. Sotuvchilar Hydraʼga ro‘yxatdan o‘tish uchun dastlabki toʻlov 300 dollar va oylik 100 dollar abonent to‘lovi to‘lashlari kerak. Agar qidiruv natijalarida yuqoriroq o‘rinni egallashni istasa, yana qo‘shimcha to‘lovlar qilishi kerak. Xarid qilinganidan keyin bir kun ichida mijoz mahsulot va sotuvchi haqida sharh qoldirishi mumkin. Agar qoidabuzarliklar aniqlansa, Hydra tomonidan sotuvhi jarimaga tortilishi yoki akkaunti yopilishi mumkin. Har bir xariddan Hydra 1,5 % dan (tranzaksiya summasi 2 million rubldan ortiq boʻlsa) 5 gacha % (tranzaksiya summasi 200 mingdan kam boʻlganda) komissiya toʻlovlari oladi[5].

2019-yilda Lenta.ru o‘z veb-saytida asosan Hydraga bag‘ishlangan „Rossiya Under Drugs“ nomli tadqiqot loyihasini ishga tushirdi. Yil oxirida loyiha Runet mukofoti laureati boʻldi[8]. Lenta.ru bosh muharriri Vladimir Todorov, loyiha aslida Hydra[9] uchun yashirin reklama ekanligi haqidagi daʼvolarni rad etdi. Hydraning oʻzi 2019-yil oxiridagi memorandumda loyihaning reklama xarakterini eʼlon qildi[10]. Ushbu memorandumda platforma oʻzining ICO sini ishga tushirilishini eʼlon qildi. U yerda Hydraning 49 % aksiyasining har biri 100 dollardan boshlangʻich bahoda 1,47 million token sifatida sotilishi kerak edi[6]. Shuningdek, u yerda 2020-yil 1-sentabrda maxsus yaratilgan AspaNET anonim tarmog‘i orqali ishlashi kerak bo‘lgan Eternos platformasini tashkil qilish orqali xalqaro bozorga chiqqani haqida xabar berilgan edi[11].

Andrey Rylkov jamgʻarmasi prezidenti Anna Sarangning soʻzlariga koʻra, Hydraning uzoq va muvaffaqiyatli faoliyati, xorijiy darknet bozorlari bilan solishtirganda, Rossiya agentliklarining hibsga olish orqali giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash koʻrinishini yaratishdan koʻproq manfaatdor ekanligi bilan izohlanadi[5].

2022-yil 5-aprelda Germaniya Federal Jinoiy Politsiya boshqarmasi Hydraning tugatilishi va taxminan 23 million yevroga teng miqdorda bitkoinlar musodara qilinishini eʼlon qildi[3].

AQSh Adliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, sayt egalaridan biri 30 yoshli rossiyalik tadbirkor Dmitriy Pavlov deb gumaon qilinadi ammo u oʻzini Hydraga aloqadorligini rad etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Rossiyane derjat valyutu v darknete. Kommersantʼ
  2. „В Германии закрыли серверы крупнейшего в мире русскоязычного даркнет-рынка“. РИА Новости (2022-yil 5-aprel). Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  3. 3,0 3,1 Кеффер, Лаура. „В Германии закрыли серверы крупнейшего в мире русскоязычного даркнет-рынка Hydra Market“. Коммерсантъ (2022-yil 5-aprel). Qaraldi: 2022-yil 5-aprel.
  4. Rossiya pod narkotikami. Proekt Lenta.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Vsya eta dur. Issledovanie o tom, na chem sidit Rossiya (Wayback Machine saytida 2021-04-12 sanasida arxivlangan). ru:Проект (издание)
  6. 6,0 6,1 Chto ne tak s ICO Hydra? Obʼyasnyaet ekspert (Wayback Machine saytida 2021-04-11 sanasida arxivlangan). Sekret firmi
  7. Somik K. V., Xabibulin A. G. Sovershenstvovanie protivodeystviya ekonomicheskoy prestupnosti, ispolzuyuщey vozmojnosti seti Internet i kriptograficheskix sredstv // Teoriya gosudarstva i prava, tom 20, № 4, C. 220-232
  8. V Moskve vruchili Premiyu Runeta-2019. Российская газета
  9. Glavred „Lenti.Ru“ otverg obvineniya v skritoy reklame narkoploщadki Hydra. Info / 24
  10. Lenta, kotoraya pobedila Gidru. DrugStat
  11. Vasileva N. A. Analiz sifrovix platform v sfere nezakonnogo oborota narkotikov dlya postroeniya kriminalisticheskoy xarakteristiki dannogo vida prestupleniy // Yuridicheskiy forum, sbornik statey Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. № 2, 2020. S. 71—76.

Havolalar

tahrir