Iberia (rasmiy nomi Iberia, Líneas Aéreas de España, S. A. Operadora, Sociedad Unipersonal) – bosh qarorgohi Madridning Barajas aeroportida joylashgan Ispaniyaning milliy va eng yirik aviatashuvchisi. 1999-yildan beri Oneworld aviatsiya alyansining aʼzosi.

Iberia
IATA ICAO Identifikatori
IB IBE IBERIA
Tashkil topgan 28-iyun, 1927-yil (97 yil avval) (1927-06-28)
Boshlangan amaliyotlari 14-dekabr, 1927-yil (96 yil avval) (1927-12-14)
Sertifikati ES.AOC.001[1]
Havo tuguni Adolfo Suárez Madrid–Barajas Airport
Tez uchish dasturlari Iberia Plus
(Part of Avios Loyalty program)
Alyansi Oneworld
Shoʻba korxonalari
Park hududi 90
Parvoz yoʻnalishlari 130[2]
Egasi International Airlines Group
Xalqaro xavfsizlik raqami ES0147200036
Bosh qarorgohi Ciudad Lineal (Madrid), Ispaniya[3]
Muhim shaxslar
  • Fernando Candela (Prezident & CEO)[4]
Yillik daromadi €4.6 milliard (2016)[5]
Kirim €271 million (2016)[5]
Sayti iberia.com

Aviakompaniya mustaqil aviatashuvchi Air Nostrum tomonidan boshqariladigan Iberia Regional bilan birgalikda yoʻlovchi va yuk tashish bilan bir qatorda havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, aeroportlarda servis xizmati koʻrsatish, IT-tizimlarni qoʻllab-quvvatlash va bortda ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadigan Iberia Group birlashmasi tarkibiga kiradi. Iberia Group dunyoning 39 mamlakatidagi 115 dan ortiq manzillarga mustaqil ravishda va 90 ta manzilga kod-shering kelishuvlari boʻyicha boshqa aviakompaniyalar reyslari bilan parvozlarni amalga oshiradi.

2010-yil 8-aprelda Iberia Group British Airways bilan birlashishini eʼlon qiladi. Ikkala tashuvchining aksiyadorlari 2010-yil 29-noyabrda bitimni maʼqullaganlar. International Airlines Group nomi bilan tanilgan yangi birlashgan kompaniya 2011-yil yanvar oyida oʻz faoliyatini boshlagan, ammo ikkala aviakompaniya ham oʻzlarining mavjud brendlari ostida ishlashda davom etadi.

2016-yilda Iberia dunyodagi eng nufuzli aviakompaniya sifatida tan olingan[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Listado de Certificados de Operador Aéreo (AOC) de avión y helicóptero.“. Agencia Estatal de Seguridad Aérea (AESA). 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  2. „Iberia on ch-aviation“ (en). ch-aviation. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  3. „Legal Information“. Iberia. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  4. „Fernando Candela Appointed as New President and CEO of Iberia“. www.aviacionline.com (2023-yil 4-may).
  5. 5,0 5,1 „IAG Annual report and results 2016“ (PDF). International Consolidated Airlines Group. Qaraldi: 2017-yil 3-sentyabr.
  6. „Названа самая пунктуальная авиакомпания мира“. 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.

Havolalar

tahrir