Ibikon
Ibikon — chiqish signalini kuchaytirib beradigan uzatuvchi televizion trubka.
Yorugʻlik taʼsirida ibikon fotokatodi bilan nurlatiladigan elektronlar (fotoelektronlar) elektr maydon bilan tezlatiladi va nishon sirtiga uriladi; nishon fotokatod tomoniga qaratib yupqa aluminiy qoplangan dielektrik parda (plyonka) dan iborat. Aluminiy parda katta tezlikdagi elektronlarni yaxshi oʻtkazadi. Elektronlar dielektrik pardadan oʻtganda uning elektr oʻtkazuvchanligi elektronlar soniga qarab koʻp (1000 va undan ortiq) marta kuchayadi. Bu hodisa uygʻotilgan oʻtkazuvchanlik deyiladi. Qarama-qarshi tomonidan dielektrikning barcha pardasi elektron nur bilan zaryadlanadi; bunda nur televizion tasvirni potensiallari bir xil boʻlgunga qadar yoyadi. Ibikon turli televizion apparatlarda qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |